{"id":765,"date":"2019-08-07T00:13:00","date_gmt":"2019-08-06T21:13:00","guid":{"rendered":"https:\/\/dilmurad.sharoitplus.uz\/?p=765"},"modified":"2024-03-10T00:52:17","modified_gmt":"2024-03-09T21:52:17","slug":"noqulay-arzon-uylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/","title":{"rendered":"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Sergeli tumanidagi &laquo;arzon&raquo; uylar. Foto: Dilmurod Yusupov<\/em><\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">Toshkentda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarga mo\u2018ljallab qurilayotgan uylar amalda ular uchun jismonan noqulay bo\u2018lib chiqmoqda. Dilmurod Yusupov ushbu muammoga e\u2019tibor qaratdi.<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2017 yildan buyon O\u2018zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan butun mamlakatda aholining himoyaga muhtoj qatlamlarining arzon turar joyga bo\u2018lgan ehtiyojini qondirish uchun arzon uy-joylar qurilishi boshlandi. 2018\u22122019 yillarda Toshkentning Sergeli tumani \u00abChoshtepa\u00bb mahallasi hududida 72 ta ko\u2018p kvartirali uylar qurilishi ana shunday&nbsp;<a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/ru\/2018\/07\/20\/building\/\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">loyihalardan<\/a>&nbsp;biridir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018pchilik aholi uchun \u00abhammabop\u00bb tushunchasi imtiyozli ipoteka yoki, hattoki, turar joyning mulkka egalik huquqisiz turar joydan foydalanish huquqi bilan beg\u2018araz topshirilishi degan ma\u2019noni anglatadi.&nbsp;<strong>Biroq nogironligi bo\u2018lgan insonlar uchun \u00abhammabop\u00bb so\u2018zi birinchi navbatda atrof-muhitning jismonan qulay bo\u2018lishi demakdir.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">23 iyul kuni butun mamlakat bo\u2018ylab 26 ta&nbsp;nogironlar tashkilotini birlashtirgan O\u2018zbekiston Nogironlar uyushmasi \u00abJamoat nazorati to\u2018g\u2018risida&raquo;gi&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1372495#1372755\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">qonunga<\/a>&nbsp;muvofiq, \u00abChoshtepa\u00bb mahallasidagi nogironligi bo\u2018lgan shaxslar yashashi uchun maxsus qurilgan yangi arzon turar joylar monitoringini o\u2018tkazdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Monitoring jarayonida videoreportaj tayyorlandi, o\u2018quvchilarimizga uni albatta tomosha qilishni tavsiya etamiz.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-embed\"><div class=\"wp-block-embed__wrapper\">\nhttps:\/\/mover.uz\/video\/embed\/kS2Rc7Em\/\n<\/div><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/youtu.be\/8KH-zW9ZFpc\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\"><em>YouTube orqali tomosha qilish<\/em><\/a><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Monitoring yakunlari bo\u2018yicha \u00abO\u2018zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to\u2018g\u2018risida&raquo;gi&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1372495#1372755\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">qonun<\/a>, sanitariya-gigiyena va qurilish normalari, jumladan \u00abAholining bolalar va&nbsp;katta yoshli nogiron va harakatlanishi cheklangan guruhlari foydalanadigan turar joy va&nbsp;jamoat binolarini loyihalashtirish va qurish\u00bb (<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1764509?query=%D1%80%D0%B5%D1%81%D1%82%D0%BE%D1%80%D0%B0%D0%BD\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">SanPiN<\/a>\u21160266\u221209), \u00abNogironlar va aholining harakatlanishi cheklangan guruhlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda hayotiy faoliyat muhitini loyihalashtirish\u00bb Shaharsozlik normalari va qoidalari (2.07.02.-07) va&nbsp;boshqa talablarga rioya etilmagani aniqlandi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2019\/08\/y4zPyJ15651676773205_b.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>To\u2018siq: yaroqsiz pandus<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nogironlik aravachasidan foydalanuvchi kishi asosiy to\u2018siqqa darhol&nbsp;\u2014 pod\u2019ezdga kirishdayoq duch keladi. Birinchi bo\u2018lib taxlanuvchi pandus gaykasini aylantirish kerak bo\u2018ladi. Biroq nogironlik aravachasidan mustaqil foydalanuvchi inson yolg\u2018iz bo\u2018lsa, buni qanday amalga oshira oladi? U&nbsp;xohlagan taqdirda ham pandusni mustaqil o\u2018zi tushira olmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018ngra 30 darajadan yuqori bo\u2018lgan qiyalikdagi pandus orqali yuqoriga ko\u2018tarilish kerak. Nogironlik aravachasi kengligi pandus relslari kengligiga mos tushmaslik ehtimoli ham yo\u2018q emas. Ko\u2018rinib turibdiki, o\u2018zgalar yordamisiz nogironlik aravachasida bunday \u00abpandus\u00bb orqali tushish yoki ko\u2018tarilish mutlaqo imkonsiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">SanPiN \u21160266\u221209 bo\u2018yicha pandusning ruxsat berilgan burchagi pandusning har bir marshi balandligi 1:12 burchaklikda (8 foiz yoki 4,76 daraja) 0,6 metrdan oshmasligi kerak. 0,2 metr balandlikda&nbsp;\u2014 1:10 (10 foiz yoki 5,71 daraja). Pandusning ko\u2018ndalang burchagi 1:50 dan oshmasligi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Pandusning qiyaligi&nbsp;\u2014 pandus yaroqliligining asosiy mezoni hisoblanadi. Agarda qiyalik 8 foizlik (4,76 daraja) normativ ko\u2018rsatkichdan oshsa, nogironlik aravachalari foydalanuvchilari, bolalar aravachasi bo\u2018lgan ota-onalar va aholining harakatlanishi cheklangan boshqa guruhlari uchun undan foydalanish xavfsiz hioblanmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abMana, shu&nbsp;uyga ko\u2018chib o\u2018tganimga ikki oy bo\u2018ldiki, ko\u2018chaga bor-yo\u2018g\u2018i uch&nbsp;marta chiqdim. Boshqa chiqa olmadim, chunki juda xavfli va qo\u2018rqinchli. Quyovim yoki boshqa erkak kelsagina chiqishim mumkin&nbsp;\u2014 faqat ular meni tushirib, olib chiqishlari mumkin. Ular oldimda bo\u2018lmasa, shu&nbsp;yerdagi qo\u2018riqchilardan iltimos qilaman. Juda xavfli. Onam menga yordam berishga jismonan qodir emas. Juda noqulay pandus o\u2018rnatishgan\u00bb,&nbsp;\u2014 dedi yaqinda \u00abChoshtepa&raquo;dagi \u00abarzon\u00bb uyga ko\u2018chib o\u2018tgan nogironligi bo\u2018lgan ayol.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Kirib bo\u2018lmas eshiklar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har yerda&nbsp;\u2014 pod\u2019ezdga kirishda, kvartirada, hojatxonada va&nbsp;yuvinish xonasida&nbsp;\u2014 mavjud bo\u2018lgan to\u2018siqlar ham tayanch-harakat apparati buzilishlari bo\u2018lgan insonlar, ko\u2018zi ojiz va&nbsp;zaif ko\u2018ruvchilar, holsiz odamlar va aholining harakatlanishi cheklangan boshqa guruhlarining mustaqil harakatlanishlariga to\u2018sqinlik qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abTo\u2018g\u2018risini aytsam, men hojatxona va&nbsp;yuvinish xonasiga kirishga qiynalaman. Mustaqil ravishda kirib-chiqa olmayman&nbsp;\u2014 arava baland ostonadan o\u2018ta olmaydi. Shu&nbsp;sababli aravachani qoldirib, o\u2018zim emaklab kirishimga to\u2018g\u2018ri keladi. Unitaz ham baland. Shu&nbsp;bois unitaz oldiga menga \u201etapchan\u201c qilib berishdi. Men undan foydalanaman. Vanna ham juda baland va&nbsp;noqulay\u00bb,&nbsp;\u2014 deydi I&nbsp;guruh nogironi bo\u2018lgan istiqomatchi ayollaridan biri.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">SanPiN \u21160266\u221209 talablari bo\u2018yicha binoga kirish va&nbsp;bino eshiklarining kengligi 0,9 metrdan kam bo\u2018lmasligi kerak. Biroq nogironligi bo\u2018lgan ayolga maxsus ajratilgan kvartirada bunga amal qilinmagan. Hojatxona va&nbsp;vanna eshining kengligi 0,6 metr, eni 0,7 metr bo\u2018lgan standart nogironlar aravasi foydalanuvchisi xonaga kira olmaydi. Bunday holatda inson vanna va hojatxonaga qanday kirishi mumkin?<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2019\/08\/gHyeSi15651677080988_b.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>O\u2018zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi o\u2018rinbosari Farhod Abdurahmonov kengligi 70&nbsp;sm bo\u2018lgan standart nogironlik aravachasi bilan hojatxona va&nbsp;yuvinish xonasiga kira olmadi. Eshik kengligi&nbsp;<\/em><em>\u2014&nbsp;60&nbsp;sm.&nbsp;Muallif fotosi.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, 2.08.01\u221205 \u00abTurar joy binosi\u00bb shaharsozlik normalari va qoidalarida nogironlik aravachasida harakatlanuvchi istiqomatchining ehtiyojlarini hisobga olish majburiy ekani belgilangan. Bu&nbsp;kabi toifalarga mansub odamlarning sanuzellariga unitaz va&nbsp;vannadan foydalanish uchun qulay tutqichlar o\u2018rnatilgan bo\u2018lishi lozim. Bunda dush, yuz-qo\u2018l yuvish chanog\u2018i va&nbsp;oyna tayanch-harakat a\u2019zolari buzilishi bo\u2018lgan odam foydalanishi uchun uning imkoniyatlariga mos balandlikka o\u2018rnatilgan bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Avtobus bekatiga qadar bo\u2018lgan yo\u2018l<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Bizning monitoring guruhimiz eng yaqin avtobus bekatiga yetib olish uchun nogironlik aravachasida 1,4&nbsp;km masofani bosib o\u2018tishiga to\u2018g\u2018ri keldi.&nbsp;<\/strong>Bundan nogironlik aravachasi foydalanuvchisi bekatga qadar mustaqil yetib bora olmasligi ma\u2019lum bo\u2018ladi, chunki qattiq va&nbsp;tekis qoplamaning o\u2018zi yo\u2018q.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">SanPiN \u21160266\u221209 keksalar va&nbsp;nogironlik aravachasidagi nogironligi bo\u2018lgan shaxslar yashaydigan kvartiralar bo\u2018lgan uylardan piyoda borish mumkin bo\u2018lgan radiusda kundalik ehtiyojlar korxonalari va&nbsp;<strong>200 metrdan ortiq bo\u2018lmagan masofada jamoat transporti bekatlarini o\u2018rnatish<\/strong>&nbsp;majburiyatini yuklaydi.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Quvontiradigan holatlar ham bor. Yangi uylarda ko\u2018zi ojiz va&nbsp;zaif ko\u2018ruvchilar uchun ayrim sharoitlar yaratilgan: lift tugmachalariga Brayl yozuvida qavatlar raqamlari tushirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu&nbsp;bilan hammasi tamom, xo\u2018sh, nogironligi bo\u2018lgan odamlar uchun mo\u2018ljallangan uylarni loyihalashtirishda qolgan norma va qoidalar nima uchun hisobga olinmagan? Agarda uylarning kirishi va&nbsp;liftlar piyodalar yo\u2018laklari bilan teng darajada&nbsp;<a href=\"https:\/\/gre4ark.livejournal.com\/386413.html\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">joylashtirilganida<\/a>, pod\u2019ezdga pandus o\u2018rnatishga hojat ham qolmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshidanoq loyihada pod\u2019ezdga va&nbsp;kvartira ichidagi xonalarga kirishda to\u2018siqsiz texnologiyalar ko\u2018zda tutilganida, sanuzel eshiklari kengroq bo\u2018lganida\u2026<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Nima uchun me\u2019yor va qoidalarga rioya etilmadi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Vazirlar Mahkamasining \u00abChoshtepa\u00bb mahallasida 72 ta&nbsp;\u00abarzon\u00bb uylarni qurish to\u2018g\u2018risidagi qarori&nbsp;<a href=\"https:\/\/regulation.gov.uz\/ru\/document\/645\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">loyihasida<\/a>&nbsp;bosh loyihaviy tashkilot sifatida Tashkent City loyihasini amalga oshirishda&nbsp;<a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/ru\/2018\/06\/05\/tashkent-city\/\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">ishtirok etayotgan<\/a>&nbsp;Prime Tower Group MCHJ ko\u2018rsatib o\u2018tilgan. Hujjatda, shuningdek, Whitecity Construction MCHJ bosh pudratchi etib belgilangan. Muallif mazkur tashkilotlar bilan bog\u2018lana olmadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abNogironlarni ijtimoiy himoya qilish to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qonunga ko\u2018ra, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar tashrif buyuradigan ob\u2019ektlar loyihalari O\u2018zbekiston nogironlar uyushmasi bilan kelishilishi lozim. Muallif \u00abChoshtepa\u00bb mahallasidagi 72 ta&nbsp;uy&nbsp;loyihasi kimlar bilan kelishilganini aniqlash uchun Nogironlar uyushmasining Toshkent shahar bo\u2018limiga murojaat qildi. Bo\u2018lim boshlig\u2018i Feruza Vosiqova hech kim \u00abChoshtepa\u00bb mahallasidagi loyihani kelishish uchun murojaat etmaganini ma\u2019lum qildi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abAvvallari har juma kuni meni Toshkent Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga chaqirishar edi. Oldimizga eskizlar qo\u2018yishar hamda yong\u2018in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar organlari va&nbsp;boshqa tashkilotlar, shuningdek, bizning Nogironlar uyushmamiz loyihani tasdiqlar edik. Biroq so\u2018nggi vaqtlarda loyihalarni Vazirlar Mahkamasi qarori bilan \u201eyagona darcha\u201c orqali kelishadigan bo\u2018lishdi va&nbsp;meni boshqarmaga chaqiray qo\u2018yishdi\u00bb,&nbsp;\u2014 deya izoh berdi Feruza Vosiqova.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Muallif nima sababdan qurilish loyihalarini kelishishga nogironlar jamiyatlarini jalb qilish to\u2018xtatilgani hamda nogironligi bo\u2018lgan insonlar uchun mo\u2018ljallab qurilgan loyiha qanday qilib tasdiqdan o\u2018tganiga aniqlik kiritish uchun Toshkent Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga murojaat qildi. Bosh boshqarma loyihalashtirish bo\u2018limi boshlig\u2018i Abduhalim Shohidov Sergeli tumani \u00abChoshtepa\u00bb mahallasi O\u2018zar ko\u2018chasi bo\u2018yidagi kam ta\u2019minlangan oilalar va&nbsp;nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun mo\u2018ljallangan 72 uy&nbsp;loyihasi kim bilan kelishilgani haqidagi savolga: \u00abBu&nbsp;loyiha bizga taalluqli emas\u00bb,&nbsp;\u2014 deya javob berdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sergeli tuman qurilish bo\u2018limi bosh mutaxassisi Raufjon Usmonaliyev esa Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining vazifasiga 300 kv. m&nbsp;dan ortiq hajmdagi qurilish loyihalarini Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda Qurilish normalari va qoidalariga muvofiq ekanini tekshirishdan iborat ekanini ma\u2019lum qildi. Biroq qurilish ob\u2019ekti Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq amalga oshirilsa, loyiha qarorda ko\u2018rsatilgan boshqacha tartibda kelishuvdan o\u2018tkazilishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avvallari qurilishga oid loyihaviy hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va&nbsp;tasdiqlash Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi 110-sonli&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1217685\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">qarori<\/a>&nbsp;hamda 1.03.01\u221208 Shaharsozlik normalari va qoidalari asosida olib borilgan. Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi loyihalarni kelishish va&nbsp;tasdiqlash uchun har hafta tegishli idoralar, jumladan O\u2018zbekiston Nogironlar jamiyati taklif etilgan texnik kengashga chaqirilgan. Biroq 2018 yil 20 fevralda qaror o\u2018z kuchini yo\u2018qotgach, texnik kengash ham chaqirilmay qo\u2018yganga o\u2018xshaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uning o\u2018rniga Vazirlar Mahkamasining \u00abArxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko\u2018rsatishning ayrim ma\u2019muriy reglamentlarini tasdiqlash to\u2018g\u2018risida&raquo;gi&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3743240?query=%D1%8D%D0%BB%D0%B5%D0%BA%D1%82%D1%80%D0%BE%D0%BD%D0%BD%D0%BE\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">qarori<\/a>&nbsp;keldi. Asosiy yangilik loyiha-smeta hujjatlarini kelishish faqatgina Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abYagona darcha\u00bb haqida so\u2018zlagan Feruza Vosiqova, ehtimol, aynan loyihalarni kelishishning ushbu yangi tartiblarini nazarda tutgan. Nima bo\u2018lganda ham, Arxitektura va qurilish bosh boshqamasi huzuridagi O\u2018zbekiston nogironlar jamiyati ishtirok etuvchi texnik kengash o\u2018z ahamiyatini yo\u2018qotmasligi kerak edi. Zero Nogironlar jamiyati bilan kelishilmagan qurilish loyihalari \u00abNogironlarni ijtimoiy himoya qilish to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qonunga ziddir.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Faqatgina qog\u2018oz va so\u2018zdagi qulaylik<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu&nbsp;masalalarning barchasi 2018 yil 30 iyuldagi \u00abMunosabat\u00bb&nbsp;<a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/watch?v=z3QcosR_j8I\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">teleko\u2018rsatuvining<\/a>&nbsp;nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash tizimiga bag\u2018ishlangan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri efirida ko\u2018tarilgan edi. O\u2018sha yerda Sergeli tumanida yangi qurilgan binolarning jismoniy tomondan noqulay ekani haqidagi videorolik namoyish etildi. Biroq o\u2018tgan bir yil davomida vaziyat o\u2018zgarmadi. Loyihalashtiruvchilar va&nbsp;pudratchilar qulaylikka aloqador qurilish normalari va qoidalarini inkor qilishda davom etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezidentning 2017 yil 1 dekabrdagi 5270-sonli farmonida Arxitektura va qurilish davlat qo\u2018mitasi, Yer&nbsp;resurslari, geodeziya, kartografiya va&nbsp;davlat kadastri davlat qo\u2018mitasi, Avtomobil yo\u2018llari davlat qo\u2018mitasi, O\u2018zbekiston avtomobil va&nbsp;daryo transporti agentligi hamda boshqa idoralarga ob\u2019ektlarni loyihalashtirish va qurishda arxitektura-qurilish nazoratini kuchaytirish bo\u2018ycha choralarni ko\u2018rish, shuningdek, ularning nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun qulayligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha talablar ustidan javobgarligini so\u2018zsiz ta\u2019minlash topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2018 yil 1 martga qadar yuqorida tilga olingan tashkilotlar nogironligi bo\u2018lgan shaxslar jamiyatlari ishtirokida nogironligi bo\u2018lgan shaslar uchun qulay muhitni ta\u2019minlash davlat dasturini ishlab chiqish bo\u2018yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqishi lozim edi. Biroq qaror loyihasi Qurilish vazirligi tayyorlagan hujjat talablarga javob bermagani sababli ko\u2018rsatilgan muddatlarda tasdiqlanmadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abBirorta ham nogironlar jamoat tashkiloti qaror loyihasini ishlab chiqish jarayoniga jalb etilmadi. Qurilish vazirligi ishlab chiqqan hujjat bor-yo\u2018g\u2018i to\u2018qqiz banddan iborat edi. Nogironligi bo\u2018lgan odamlar uchun qulay muhitni ta\u2019minlash bo\u2018yicha davlat dasturi to\u2018qqiz banddan iborat bo\u2018ladimi axir? Masalan, Rossiyaning xuddi shunday davlat dasturi 100 ga yaqin sahifadan tashkil topgan\u00bb,&nbsp;\u2014 deydi O\u2018zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abNogironlarni ijtimoiy himoya qilish to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qonunning ijtimoiy infratuzilmalarni yaratish hamda ishlab chiqarishda nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish bo\u2018yicha 9-moddasi talablari qoniqarsiz bajarilayotganining sabablaridan biri shundaki, Bandlik va&nbsp;mehnat munosabatlari vazirligi qonunchilik talablarini bajarish ustidan nazoratdan manfaatdor emas.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abQulaylikni ta\u2019minlash bo\u2018yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun iqtisodiy javobgarlik nazarda tutilgan. Va&nbsp;olingan jarimalar qulay muhitni yaratishga sarflanishi lozim. Biroq ushbu mablag\u2018lar hozirda Moliya vazirligi hisobiga o\u2018tkazilmoqda. Shu&nbsp;munosabat bilan Bandlik va&nbsp;mehnat munosabatlari vazirligida rag\u2018bat yetarlicha emas. Nazoratni mahalliy hokimliklar amalga oshirishi hamda ushbu jarimalar mahalliy byudjetga yo\u2018naltirilishi uchun qonunchilikka o\u2018zgartirishlar kiritilishi lozim\u00bb,&nbsp;\u2014 deya taklif qildi Oybek Isoqov.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Passiv fuqarolik jamiyati va&nbsp;partiyalar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018rinib turibdiki, qurilish loyihalarini Nogironlik jamiyati bilan kelishish va&nbsp;tasdiqlash mexanizmi ishlayotgani yo\u2018q. Nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun qulaylikni ta\u2019minlash muammosida tanganing ikki tomoni bor. Bir tomondan tegishli vazirlik va&nbsp;idoralar loyihachilar va&nbsp;pudratchilar bilan birgalikda loyihalashtirish va qurishda qulay muhit normalari va qoidalariga rioya etishga o\u2018ta mas\u2019uliyatsizlik bilan qaramoqda. Ikkinchi tomondan esa nogironligi bo\u2018lgan shaxslar tashkilotlarining o\u2018zlari ham passivlik qilmoqda&nbsp;\u2014 qulaylik bo\u2018yicha talablarning ado etilishi ustidan nazoratni amalga oshirayotgani yo\u2018q.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018plab nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilmalar va&nbsp;transportda qulaylik huquqi kafolatlangani to\u2018g\u2018risidagi xabardorligi juda past darajada va&nbsp;zaif fuqarolik pozitsiyasini ifoda etmoqda. Aksariyat holatlarda nogironlar jamiyatlari o\u2018z faoliyatini faqatgina xayriya faoliyati&nbsp;\u2014 oziq-ovqat mahsulotlari, pul, kiyim va&nbsp;boshqalarni tarqatish bilan cheklamoqda. Bu&nbsp;nogironligi bo\u2018lgan insonni faol va&nbsp;tanqidiy fikrlovchi fuqaro emas, balki passiv xayriya oluvchisiga aylantirmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, nogironligi bo\u2018lganlar tashkilotlarining ijtimoiy faolligi yetarlicha emasligining yana bir sababi bu&nbsp;kabi tashkilotlarning rahbarlari ko\u2018p hollarda nogironligi bo\u2018lmagan odamlardan emas. Xalq orasidagi: \u00abTabib tabib emas, boshidan o\u2018tgan tabib\u00bb degan maqol bejiz aytilmagan. Hattoki nogironligi bo\u2018lmagan odamni nogironlik aravachasiga o\u2018tirg\u2018izib, \u00abarzon\u00bb uyning pandusi bo\u2018ylab aylantirsangiz ham unga tahqirlashning butun boshli zalvorini his ettirishning imkoni yo\u2018q \u2014 chunki u&nbsp;xayolida aminki, bir necha daqiqadan so\u2018ng aravachadan tura oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u00abSiyosiy partiyalar saylovoldi kampaniyalari doirasida nogironligi bo\u2018lgan odamlardan \u201ejonli emblema\u201c sifatida foydalanadi va&nbsp;va\u2019dalar beradi. Nogironligi bo\u2018lgan odamlardan partiya obro\u2018sini ko\u2018tarish ob\u2019ekti sifatida foydalanishadi, biroq ularga partiyaning qolgan a\u2019zolari kabi teng huquqli sub\u2019ekt sifatida qaralmaydi\u00bb<\/strong>,&nbsp;\u2014 deb hisoblaydi O\u2018zbekiston Ko\u2018rlar jamiyati markaziy boshqaruvi yetakchi mutaxassisi Ulug\u2018bek Mamatxonov.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abBu&nbsp;ayni paytda Oliy Majlis yoki xalq deputatlari kengashlarining birorta ham deputati nogironligi bo\u2018lgan odamlardan emasligida ham o\u2018z aksini topgan. Axir deputatlar deputatlik so\u2018rovi orqali qulaylik bo\u2018yicha qonunchilik talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari mumkin\u00bb,&nbsp;\u2014 dedi u.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u00abArzon\u00bb uylarni qanday qilib haqiqatdan ham hammabop qilish mumkin?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Toshkent hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, poytaxtda nogironlikning turli shakllari bo\u2018lgan 70 ming kishi, shuningdek 300 ming nafar keksa yoshdagi fuqarolar istiqomat qilmoqda. Ulardan tashqari, shahar infratuzilmasidan aholining harakatlanishi cheklangan toifasiga mansub bolalar aravachasidan foydalanuvchi ota-onalar ham foydalanadi. Biroq 85 foiz bino va&nbsp;ijtimoiy infratuzilma ob\u2019ektlari ularning har kunlik foydalanishi uchun yaroqsiz holda qolmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abToshkentda yashovchi 90 foiz nogironligi bo\u2018lgan odamlar \u201euy qamog\u2018i\u201c ostida qolmoqda va&nbsp;ushbu uy qamoqlari hukmi sud qarori bilan emas, ular uchun qulay jismoniy muhitni yaratib bermagan jamiyatimiz tomonidan qabul qilindi\u00bb,&nbsp;\u2014 deydi Oybek Isoqov.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nogironligi bo\u2018lgan odamlarning Sergeli tumanining uzoq burchaklaridagi transport infratuzilmasi rivojlanmagan, ular uchun noqulay uylarga joylashtirilishi o\u2018ziga xos segregatsiya hisoblanadi. Uylar chiroyli, mobil yashovchilar uchun yaxshi sharoitli bo\u2018lishi mumkin, biroq agarda yolg\u2018iz ayol nogironlar aravachasida o\u2018z pod\u2019ezdidan tashqariga bir oyda bir-ikki martagina chiqa olsa, ijtimoiy inklyuziya haqida qanday gap bo\u2018lishi mumkin? Yoki bu&nbsp;uylar nogironligi bo\u2018lgan odamlar uchun \u00aboltin qafas\u00bb vazifasini bajarishi kerakmi?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident nafaqat Sergeli tumanida, balki Toshkentning boshqa tumanlarida ham \u00abarzon\u00bb uylarni qurishga topshiriq bergan edi. Nogironligi bo\u2018lgan odamlar shoxona sharoitlar bo\u2018lishini talab qilmaydi. Ularga bor-yo\u2018g\u2018i o\u2018z uyi va o\u2018z shahrida erkin harakatlanishlari uchun bazaviy ehtiyojlari qondirilishi kerak xolos. Bunda \u00abarzon\u00bb uylar nafaqat qulay bo\u2018lishi, balki shaharning barcha infratuzilmalari qonunda belgilangan tartibda harakatlanishi cheklangan fuqarolar ehtiyojlarini qanoatlantirishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qulaylikni ta\u2019minlash sohasida qonunchilik talablarini amalga oshirish bo\u2018yicha asosiy yechimlardan biri qurilayotgan yangi binolar hamda nogironlar jamoat tashkilotlari inshootlari loyihalari majburiy kelishuvdan o\u2018tkazilishini joriy etishdan iborat. Kelishuv jarayoniga nafaqat O\u2018zbekiston nogironlar jamiyati, balki Ko\u2018rlar jamiyati, Karlar jamiyati va&nbsp;boshqa nogironlar jamiyatlari ham jalb etilishi lozim. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlarini ko\u2018rsatish bo\u2018yicha YADIXPni joriy etgan holda kelishuv mexanizmlarini qayta ko\u2018rib chiqish zarur.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Butun mamlakat bo\u2018ylab nodavlat notijorat tashkilot (NNT) maqomiga ega 70 dan ortiq nogironlar jamoat birlashmalari ro\u2018yxatga olingan. Biroq ularning tashkiliy salohiyati va&nbsp;mavjud ishlash uslublari jamoat nazorati va&nbsp;ijtimoiy hamkorlik funksiyalarining samarali bajarilishiga imkon bermaydi. Mavjud jismoniy qulaylik muammosini hal etish uchun xayriya faoliyatidan huquqni muhofaza qilish faoliyatiga o\u2018tish vaqti keldi. Bino va&nbsp;inshootlarining davlat tomonidan qabul qilinishi jarayoniga nogironligi bo\u2018lgan odamlar tashkilotlarini majburiy tartibda kiritish zarur.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qulaylik BMTning Nogironlar huquqlari to\u2018g\u2018risidagi konvensiyasining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Qulay atrof-muhitni ta\u2019minlamasdan turib nogironligi bo\u2018lgan odamlarga mustaqil hayot tarzini yuritishlari hamda jamiyat hayotining barcha jabhalarida har tomonlama ishtirok etish imkonini taqdim etish mumkin emas.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlat nogironligi bo\u2018lgan odamlarning milliy qonunchilik va\u00a0me\u2019yoriy hujjatlarda mustahkamlangan qulay muhitga bo\u2018lgan huquqlari amalga oshishini kafolatlaydi. Agarda aholi mavzularini nogironligi bo\u2018lganlar va bo\u2018lmaganlar uchun ajratib, qulayliklar uchun mablag\u2018 ajratishdan tejasak, buning badali og\u2018ir va\u00a0achchiq bo\u2018ladi va\u00a0buni faqatgina pul bilan o\u2018lchab bo\u2018lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/authors\/dyusupov\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">Dilmurod Yusupov<\/a><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sasseks universiteti (Buyuk Britaniya) Rivojlanish muammolarini o\u2018rganish instituti doktoranti.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Maqola 2019-yil 14-avgust Gazeta.uz da <a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/oz\/2019\/08\/14\/accessible-environment\/\">chop etilgan<\/a>.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sergeli tumanidagi &laquo;arzon&raquo; uylar. Foto: Dilmurod Yusupov Toshkentda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarga mo\u2018ljallab qurilayotgan uylar amalda&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":800,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[72,74],"tags":[145,231,212],"class_list":["post-765","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-mutaxassis","category-oavda-maqola","tag-jismoniy-sharoit","tag-kambagallik","tag-sharoitlar-monitoringi"],"acf":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v28.8 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar - Dilmurad Yusupov<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar - Dilmurad Yusupov\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Sergeli tumanidagi &laquo;arzon&raquo; uylar. Foto: Dilmurod Yusupov Toshkentda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarga mo\u2018ljallab qurilayotgan uylar amalda...\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Dilmurad Yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:author\" content=\"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2019-08-06T21:13:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-03-09T21:52:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2019\/08\/izz1bg15651678093346_l.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"900\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"600\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"dilmurad_admin\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@d_yusupov\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@d_yusupov\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"dilmurad_admin\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\\\/\\\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/\"},\"author\":{\"name\":\"dilmurad_admin\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"headline\":\"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar\",\"datePublished\":\"2019-08-06T21:13:00+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-09T21:52:17+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/\"},\"wordCount\":2686,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2019\\\/08\\\/izz1bg15651678093346_l.jpg\",\"keywords\":[\"jismoniy sharoit\",\"kambag\u2018allik\",\"sharoitlar monitoringi\"],\"articleSection\":[\"Mutaxassis\",\"OAVda maqola\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/\",\"name\":\"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar - Dilmurad Yusupov\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2019\\\/08\\\/izz1bg15651678093346_l.jpg\",\"datePublished\":\"2019-08-06T21:13:00+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-09T21:52:17+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2019\\\/08\\\/izz1bg15651678093346_l.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2019\\\/08\\\/izz1bg15651678093346_l.jpg\",\"width\":900,\"height\":600},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/noqulay-arzon-uylar\\\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#website\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/\",\"name\":\"Dilmurad Yusupov\",\"description\":\"Activist researcher advocating for disability inclusive development in Uzbekistan.\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":[\"Person\",\"Organization\"],\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\",\"name\":\"dilmurad_admin\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"width\":512,\"height\":512,\"caption\":\"dilmurad_admin\"},\"logo\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\"},\"description\":\"Activist researcher advocating for disability inclusion in Uzbekistan, disability and development consultant\",\"sameAs\":[\"http:\\\/\\\/dilmurad.me\",\"http:\\\/\\\/www.facebook.com\\\/dilmurad.yusupov\",\"https:\\\/\\\/www.instagram.com\\\/dilmurad.me\\\/\",\"http:\\\/\\\/www.linkedin.com\\\/in\\\/dilmuradyusupov\",\"https:\\\/\\\/x.com\\\/d_yusupov\",\"https:\\\/\\\/www.youtube.com\\\/@dilmurad_me\"],\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/author\\\/dilmurad_admin\\\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar - Dilmurad Yusupov","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar - Dilmurad Yusupov","og_description":"Sergeli tumanidagi &laquo;arzon&raquo; uylar. Foto: Dilmurod Yusupov Toshkentda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarga mo\u2018ljallab qurilayotgan uylar amalda...","og_url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/","og_site_name":"Dilmurad Yusupov","article_publisher":"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","article_author":"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","article_published_time":"2019-08-06T21:13:00+00:00","article_modified_time":"2024-03-09T21:52:17+00:00","og_image":[{"width":900,"height":600,"url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2019\/08\/izz1bg15651678093346_l.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"dilmurad_admin","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@d_yusupov","twitter_site":"@d_yusupov","twitter_misc":{"Written by":"dilmurad_admin","Est. reading time":"13 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/"},"author":{"name":"dilmurad_admin","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"headline":"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar","datePublished":"2019-08-06T21:13:00+00:00","dateModified":"2024-03-09T21:52:17+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/"},"wordCount":2686,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"image":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2019\/08\/izz1bg15651678093346_l.jpg","keywords":["jismoniy sharoit","kambag\u2018allik","sharoitlar monitoringi"],"articleSection":["Mutaxassis","OAVda maqola"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/","url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/","name":"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar - Dilmurad Yusupov","isPartOf":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2019\/08\/izz1bg15651678093346_l.jpg","datePublished":"2019-08-06T21:13:00+00:00","dateModified":"2024-03-09T21:52:17+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/#primaryimage","url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2019\/08\/izz1bg15651678093346_l.jpg","contentUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2019\/08\/izz1bg15651678093346_l.jpg","width":900,"height":600},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/noqulay-arzon-uylar\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Noqulay \u00abarzon\u00bb uylar"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#website","url":"https:\/\/dilmurad.me\/","name":"Dilmurad Yusupov","description":"Activist researcher advocating for disability inclusive development in Uzbekistan.","publisher":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/dilmurad.me\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":["Person","Organization"],"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16","name":"dilmurad_admin","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","contentUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","width":512,"height":512,"caption":"dilmurad_admin"},"logo":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png"},"description":"Activist researcher advocating for disability inclusion in Uzbekistan, disability and development consultant","sameAs":["http:\/\/dilmurad.me","http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","https:\/\/www.instagram.com\/dilmurad.me\/","http:\/\/www.linkedin.com\/in\/dilmuradyusupov","https:\/\/x.com\/d_yusupov","https:\/\/www.youtube.com\/@dilmurad_me"],"url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/author\/dilmurad_admin\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/765","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=765"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/765\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":766,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/765\/revisions\/766"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/800"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=765"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=765"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=765"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}