{"id":746,"date":"2019-04-17T23:53:00","date_gmt":"2019-04-17T20:53:00","guid":{"rendered":"https:\/\/dilmurad.sharoitplus.uz\/?p=746"},"modified":"2024-03-09T23:59:41","modified_gmt":"2024-03-09T20:59:41","slug":"savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/","title":{"rendered":"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u0418\u043b\u043b\u044e\u0441\u0442\u0440\u0430\u0446\u0438\u044f: \u042d\u043b\u0434\u043e\u0441 \u0424\u0430\u0437\u0438\u043b\u0431\u0435\u043a\u043e\u0432 \/ \u00ab\u0413\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430.uz\u00bb<\/em><\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">Qanday qilib yangi texnologiyalar yordamida kar va\u00a0zaif eshituvchi insonlarning savodxonlik darajasini oshirish va\u00a0ularni axborot olish imkoniyatlari bilan ta\u2019minlash mumkin? Ma\u2019mur Ahliddinov va\u00a0Dilmurod Yusupov maqolasi shu haqda.<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ehtimol sezgandirsiz, ko\u2018plab mamlakatlarda, ayniqsa rivojlangan davlatlarda teleko\u2018rsatuvlar harakatlanuvchi satr yoki \u201cyuguruvchi satr\u201d (ruscha \u201c\u0431\u0435\u0433\u0443\u0449\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u043e\u043a\u0430\u201d) bilan ko\u2018rsatiladi. Masalan, AQSHda reklama va e\u2019lonlarni ko\u2018rsatish maqsadida jamoat joylariga, aeroport va&nbsp;vokzallar yoki jamoat transportiga o\u2018rnatilgan ekranlarda ko\u2018pincha harakatlanuvchi satrni uchratish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qo\u2018shma Shtatlarda televizor ko\u2018rayotganingizda, yon-atrofda uxlab yotgan odamni bezovta qilmaslik uchun, pultdagi \u201cOvozsiz rejim\u201d (inglizcha \u201cMute\u201d) tugmasini bosib qo\u2018ysa bo\u2018ladi. \u201cMute\u201d tugmasi bosilganidan so\u2018ng, ekranning quyi qismida harakatlanuvchi satr paydo bo\u2018ladi va&nbsp;siz ko\u2018rsatuvni subtitrlar bilan xotirjam tomosha qilishingiz mumkin. Pultda titrlarni darhol ekranda ko\u2018rsatish imkonini beradigan boshqa maxsus funksiyalar ham bor.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Harakatlanuvchi satr nega kerakligi yoki jamoat joylarida axborot nima uchun subtitr ko\u2018rinishida berilishi haqida hech o\u2018ylab ko\u2018rganmisiz? Subtitrlar nafaqat uxlayotgan odamga xalal bermaslik, balki eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan insonlar uchun ham o\u2018ylab topilgan. Subtitr yordamida kar odam ko\u2018rsatuv nima haqida ekanligini osonroq anglab oladi. Subtitr&nbsp;\u2014 eshitishida nuqsoni bor inson uchun nafaqat kundalik turmushdagi bir qulaylik, balki ularni axborot bilan ta\u2019minlash yo\u2018lidagi zaruriy moslashuvchi belgi hamdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Matnli axborot olish yo\u2018lidagi to\u2018siqlar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Axborot asrida bizda oshib borayotgan axborot oqimidan foydalangan holda yuz berayotgan voqea-hodisalardan doimo boxabar bo\u2018lib turish imkoni mavjud. Biroq, afsuski, eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan insonlar o\u2018qishga odatlana olmaganliklari bois, matnli axborotdan to\u2018laqonli foydalanish imkoniga ega emaslar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Buning bari ularning so\u2018z boyligining nochorligidan, shu bois eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan ko\u2018pchilik odamlar surdo tarjimonlarining yordamidan foydalanishga intiladilar. Imo-ishora tili tarjimasi kar odamga aniq axborot yetkazishi mumkin, biroq uning so\u2018z boyligini rivojlantirishga yordam berolmaydi. Surdo tarjimoni axborotni so\u2018zlar vositasida to\u2018laqonli taqdim etmaydi, balki imo-ishora tilida uzatadi va&nbsp;bunda har bir so\u2018z o\u2018zining \u201cishoraviy nomi&raquo;ga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Odatda, imo-ishora tili tarjimasi kar odamga leksik ifodalar emas, balki narsa va&nbsp;hodisalarning ishoraviy ma\u2019nolari orqali yetkaziladi. Agar O\u2018zbekistondagi o\u2018rta statistik kar odamdan \u201csport majmuasi\u201d so\u2018z birikmasi qanday yoziladi, deb so\u2018ralsa, u, katta ehtimol bilan, buni qo\u2018pol xatolar bilan yozib beradi, ba\u2019zilari esa bu&nbsp;so\u2018z birikmasini qog\u2018ozga tushirishga ham qiynaladi. Agar ularga bu&nbsp;so\u2018z birikmasini to\u2018g\u2018ri yozishni bugun o\u2018rgatilsa, oradan ma\u2019lum vaqt o\u2018tgach ular buni mutlaqo unutib yuborishi ham mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kar va&nbsp;zaif eshituvchi insonlarning savodsizligi matnli axborotni olishdagi imkonsizligidan kelib chiqadi, buning oqibatida eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan kishilar kam o\u2018qiydi va&nbsp;atamalarni xotirasida saqlab qololmaydi. Ularning ko\u2018pchiligi \u201cona\u201d, \u201cdada\u201d, \u201cnon\u201d, \u201cpichoq\u201d, \u201cto\u2018p\u201d va&nbsp;shu kabi yengil va&nbsp;qisqa so\u2018zlarni eslab qola biladi, xolos. Ular o\u2018z so\u2018z boyligini oshirishi uchun subtitrli TV-ko\u2018rsatuvlarni ko\u2018proq tomosha qilishi juda katta ahamiyatga ega. Eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan insonlarning so\u2018z boyligini to\u2018ldirishda aynan subtitrlar muhim rol o\u2018ynaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Subtitrlar teleko\u2018rsatuvlarni tushunib olish uchun ularni ko\u2018proq o\u2018qishga undaydi va&nbsp;shu yo\u2018l bilan ko\u2018z xotirasini rivojlantirish orqali kar va&nbsp;zaif eshituvchilarning savodxonligiga ham ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi. Aynan subtitrlarni muntazam o\u2018qish ortidan ularning so\u2018z zaxirasi asta-sekin yangi so\u2018zlar bilan boyib boradi va o\u2018qishga bo\u2018lgan qiziqishi kundan-kunga oshadi. Yetarlicha so\u2018z boyligiga ega bo\u2018lgach, ular ijtimoiy tarmoqlardagi, elektron OAVdagi yangiliklarni ham mustaqil o\u2018qishga ega bo\u2018lishadi va, shubha yo\u2018qki, ularning kitob o\u2018qishga bo\u2018lgan qiziqishi ham ortadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u201cSukunat olami&raquo;dagi ijtimoiy guruhlar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi vaqtlarda \u201cVKontakte\u201d, \u201cOdnoklassniki\u201d, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish uchun turli guruhlar paydo bo\u2018lmoqda. Bunday ijtimoiy guruhlar \u201csukunat olami&raquo;dagi kar va&nbsp;zaif eshituvchi insonlar orasida ham ommalashmoqda. Bu&nbsp;kabi guruhlarga eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan insonlar tez-tez o\u2018z videolarini yuklab turadi va&nbsp;videorolik ostidagi muhokamalarda fikr almashadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masalan, Facebook ijtimoiy tarmog\u2018ida o\u2018zbekistonliklarning \u201cUzGS&nbsp;\u2014 Uzbekistan \u0433\u043b\u0443\u0445\u0438\u0445 \u0438&nbsp;\u0441\u043b\u0430\u0431\u043e\u0441\u043b\u044b\u0448\u0430\u0449\u0438\u0445\u201d&nbsp;<a href=\"https:\/\/www.facebook.com\/groups\/Gfdvbnnm\/\">guruhi<\/a>&nbsp;mavjud. MDH mamlakatlaridagi imo-ishora tili o\u2018xshash bo\u2018lgani bois, o\u2018zbekistonlik kar va&nbsp;zaif eshituvchilar MDH davlatlaridagi&nbsp;\u2014 15 countries by&nbsp;the deaf world (Russian sign Language),&nbsp;<a href=\"https:\/\/www.facebook.com\/groups\/DeafOrwellianWARandPEACE\/\">Deaf Orwellian \u201c\u0412\u043e\u0439\u043d\u0430 \u0438&nbsp;\u043c\u0438\u0440\u201d<\/a>, \u201c\u041f\u0443\u0441\u0442\u044c \u0433\u043e\u0432\u043e\u0440\u044f\u0442 Deaf\u201d kabi guruhlarda ham faol. Bu&nbsp;guruhlarda MDHning barcha mamlakatlaridan eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan insonlar yig\u2018ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar kar va&nbsp;zaif eshituvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlari o\u2018rganilsa, eshitishida nuqsoni bor insonlarning so\u2018z boyligi sustligi va&nbsp;savodi yomonligi nafaqat O\u2018zbekiston, balki butun dunyo uchun xosligini anglash mumkin. Ular odatda jiddiy va&nbsp;orfografik xatolar bilan yozadi. To\u2018g\u2018ri, biz umumlashtirib, karlarning bari xatolar bilan yozadi, deya olmaymiz&nbsp;\u2014 ular orasida juda savodlilari ham bor.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yozma nutqdagi savodsizlik ko\u2018proq tug\u2018ma kar odamlarga xos, chunki ularda avvalo o\u2018z ona tili&nbsp;\u2014 imo-ishora tili rivojlanadi. Aynan o\u2018qimay va&nbsp;mustaqil ravishda matnlar yozmay, har kuni imo-ishora tilida muloqot qilish so\u2018z boyligini rivojlantirishga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ammo imo-ishora tili eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan bolalar va&nbsp;kattalarning ta\u2019lim olishiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi, degan xulosa chiqarish yaramaydi. Aksincha, u&nbsp;oila va&nbsp;do\u2018stlar davrasida to\u2018laqonli muloqot qilish imkoniyatini beradi. Ularga til va&nbsp;savodli yozma nutqni rivojlantirish uchun subtitr ko\u2018rinishidagi qo\u2018shimcha oqilona moslashtirish yetishmaydi, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Muloqotdagi to\u2018siqlarni yo\u2018q qiluvchi innovatsiyalar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">YouTube\u2019da filmlarni rus, ingliz va&nbsp;boshqa tillardagi subtitrlar bilan ko\u2018rish imkoniyati bor, biroq o\u2018zbek tilida yo\u2018q. Uning TAS-IX tarmog\u2018idagi milliy muqobili&nbsp;\u2014 Mover.uz internet-resursida ham subtitrlar imkoniyati mavjud emas. Google tarjimonida ovozni yozib olish va&nbsp;og\u2018zaki nutqni bir tildan boshqasiga o\u2018girish imkoniyati yaratilgan. Yaxshimi-yomonmi, Google tarjimoni o\u2018zbek tilidagi matnni jahonning 100 dan ortiq tillariga tarjima qilishni uddalay olyapti. Biroq o\u2018zbek tilidagi og\u2018zaki nutqni tarjima qilishni hali o\u2018rganganicha yo\u2018q, chunki o\u2018zbekcha nutqni aniqlash dasturi hozircha ishlab chiqilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kar va&nbsp;zaif eshituvchi talabalar uchun mo\u2018ljallangan jahondagi yagona oliy ta\u2019lim muassasasi&nbsp;\u2014 Gallodet universiteti (AQSH) Google kompaniyasi bilan hamkorlikda aynan eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan insonlar uchun&nbsp;<a href=\"https:\/\/www.android.com\/accessibility\/live-transcribe\/\">\u201cTo\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri rasshifrovka\u201d<\/a>&nbsp;(Live Transcribe) nomli dastur ishlab chiqqan. 70 dan ortiq til va&nbsp;shevalarni qo\u2018llab-quvvatlaydigan ushbu dasturda nutqni avtomatik aniqlash bo\u2018yicha Google\u2019ning yangi texnologiyalaridan foydalaniladi. Odam to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri telefonga gapirsa, qurilma ekranida nutqning matni rasshifrovka qilib beriladi. Ayni vaqtda kar suhbatdosh shu dasturning o\u2018zidagi klaviatura orqali matn terib, javob qaytarishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mazkur dasturda o\u2018zbek tili hozircha qo\u2018llab-quvvatlanmaydi. O\u2018zbekiston Karlar jamiyati va&nbsp;boshqa tashkilotlar o\u2018zbekcha nutqni aniqlash texnologiyalarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish bo\u2018yicha tashabbus ko\u2018rsatayotgani yo\u2018q. Bunga moliyaviy mablag\u2018lar, shuningdek, bunday texnologiyalarni ishlab chiqish uchun malakali mutaxassislar yetishmovchiligi sabab bo\u2018lishi mumkin. Ushbu sohada davlat tomonidan zaruriy ko\u2018makning yo\u2018qligi ham yana bir omil bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Amalda o\u2018zbekcha nutqni aniqlash funksiyasi eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan insonlarga atrofdagilarni kundalik turmushda to\u2018sqinliksiz tushunishga yordam bergan hamda karlar va&nbsp;eshituvchilar olami o\u2018rtasida o\u2018ziga xos ko\u2018prik bo\u2018lib xizmat qilgan bo\u2018lardi. Boz ustiga, imo-ishora tili tarjimonlari soni cheklangan bir sharoitda, ovozli nutqni avtomatik matnga aylantirish kar va&nbsp;zaif eshituvchilar uchun ta\u2019lim jarayonini osonlashtirgan bo\u2018lur edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekcha nutqni avtomatik aniqlash tizimi bizning TV-dasturlarimiz va&nbsp;ko\u2018rsatuvlarimizni harakatlanuvchi satr va&nbsp;subtitrlar bilan samarali ta\u2019minlash uchun ham zarur. Axir nutqni qo\u2018lda rasshifrovka qilish va&nbsp;subtitrlarni TVga kiritish uchun juda ko\u2018p ish vaqti va, tabiiyki, moliyaviy resurslar sarflashga to\u2018g\u2018ri keladi. Bir soatlik efir uchun subtitrlar tayyorlashga kamida 12\u221215 soat vaqt&nbsp;<a href=\"https:\/\/www.voginfo.ru\/novosti\/newsvog\/item\/362-livesubtitles.html\">kerak<\/a>! Jonli efirdagi harakatlanuvchi satr esa umuman imkoni yo\u2018q narsadek ko\u2018rinadi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aynan real vaqt rejimida nutqni avtomatik aniqlash texnologiyalaridan foydalanish imkonsiz narsani ro\u2018yobga chiqarishga yordam beradi, vaqt va&nbsp;pulni tejaydi hamda, eng asosiysi&nbsp;\u2014 subtitrli ko\u2018rsatuvlar sonini oshiradi.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, avtomatik ravishda boshqa tillarga tarjima qilish imkoniyati bilan qorishtirilgan bunday texnologiya nafaqat karlar, balki xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish vaqtida kar bo\u2018lmaganlarga ham foydali bo\u2018lar edi. O\u2018zbekcha matnni avtomatik aniqlash texnologiyasi tadqiqotchilarga yoki hozirda ko\u2018p vaqtini respondenti bilan suhbatni rasshifrovka qilishga sarflayotgan O\u2018zbekistondagi jurnalistlarga ham qo\u2018l kelishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Kim aybdor va&nbsp;nima qilmoq kerak?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistondagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi kar va&nbsp;zaif eshituvchi bolalarni sifatli o\u2018qitish uchun malakali surdopedagoglar va&nbsp;imo-ishora tili tarjimonlarining o\u2018tkir yetishmovchiligi sezilmoqda. Eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan bolalar va&nbsp;kattalarning joriy savodsizligida mazkur muassalarning xodimlarini ayblash to\u2018g\u2018ri bo\u2018lmaydi. Buning uchun javobgarlik, umuman olganda, butun jamiyatning zimmasida, chunki karlarning butun umri davomida ta\u2019lim olish imkoniyatlari juda cheklangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston telekanallarining ayrim yangiliklar dasturlarida imo-ishora tilida tarjima berilishi yana paydo bo\u2018ldi, biroq bu&nbsp;eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan insonlarni axborot bilan ta\u2019minlash uchun yetarli emas. Tajriba shuni ko\u2018rsatmoqdaki, teledasturlari subtitrlar bilan ko\u2018rsatiladigan mamlakatlarda kar va&nbsp;zaif eshituvchi insonlarning savodxonligi ancha yuqori.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Subtitrli mahalliy telekanallar&nbsp;\u2014 bu&nbsp;kar va&nbsp;zaif eshituvchi teletomoshabinlar uchun juda ahamiyatli oqilona moslashtirishdir. Afsuski, O\u2018zbekistonda shunday imkoniyatli biror telekanal hali ham yo\u2018q, bu&nbsp;esa kar va&nbsp;zaif eshituvchi teletomoshabinlarning axborotni to\u2018liq olish yo\u2018lidagi huquqlarining buzilishiga sabab bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2017 yil holatiga ko\u2018ra, mamlakatda rasman 22253 nafar kar va&nbsp;zaif eshituvchi inson ro\u2018yxatga olingan. \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to\u2018g\u2018risida&raquo;gi&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/acts\/140824\">qonun<\/a>&nbsp;barcha tashkilotlar zimmasiga aloqa va&nbsp;axborot vositalaridan to\u2018sqinliksiz foydalanish sharoitlarini yaratish mas\u2019uliyatini yuklaydi. O\u2018zbekiston tomonidan 2009 yilda imzolangan va&nbsp;hali ham ratifikatsiya qilinmagan BMTning Nogironlar huquqlari to\u2018g\u2018risidagi&nbsp;<a href=\"https:\/\/www.undp.org\/content\/dam\/uzbekistan\/docs\/Publications\/democraticgovernance\/The_UN_Convention_on_the_Rights_of_Persons_with_Disabilities\/UN_doc_The%20UN%20Convention%20on%20the%20Rights%20of%20Persons%20with%20Disabilities.pdf\">konvensiyasi<\/a>&nbsp;ham konvensiyaga a\u2019zo mamlakatlardan axborotdan va&nbsp;yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internetdan teng foydalanishni ta\u2019minlash uchun tegishli choralar ko\u2018rishni talab qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eshitishda nuqsoni bo\u2018lgan insonlar ta\u2019limi va&nbsp;xabardorligining past saviyada ekanligi ularning munosib ishga joylashish va&nbsp;kelgusida jamiyatning faol a\u2019zolari bo\u2018lish imkoniyatlariga ham salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi. Bu&nbsp;yil \u201cFaol investitsiyalar va&nbsp;ijtimoiy rivojlanishi yili\u201d deb ataldi. O\u2018z-o\u2018zidan, biz ushbu ijtimoiy muammoni ham e\u2019tiborsiz qoldirmasligimiz zarur.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ta\u2019limga kiritilgan investitsiya, gap ayniqsa aholining ijtimoiy zaif qatlamlari haqida ketayotgan bo\u2018lsa, davlatning eng muhim investitsiyalari sanaladi.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kar va&nbsp;zaif eshituvchi insonlarni axborotdan teng foydalanish va&nbsp;uzluksiz ta\u2019lim olish imkoniyatlari bilan ta\u2019minlash uchun o\u2018zbek tilini avtomatik aniqlash texnologiyalarini ishlab chiqishga investitsiya kiritgan holda, TV-kanallarda harakatlanuvchi satr funksiyasini rivojlantirish zarur. Buning uchun O\u2018zbekiston Karlar jamiyati faoliyatini jonlantirish va&nbsp;jarayonga Axborot texnologiyalari va&nbsp;kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini jalb etish kerak. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o\u2018rganish va&nbsp;chet ellik donorlarning qo\u2018shimcha moliyaviy ko\u2018magidan foydalanish maqsadga muvofiq bo\u2018ladi. Bundan nafaqat eshitishida nuqsoni bo\u2018lgan insonlar, balki butun jamiyat yutadi. Axir tashqarida XXI asr!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Maqolada bildirilgan fikrlar tahririyat nuqtai nazarini aks ettirmasligi mumkin.<\/em><\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><img decoding=\"async\" width=\"100\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2019\/04\/pkCRgy15554964381098_o.jpg\"><strong>Ma\u2019mur Ahliddinov<\/strong>&nbsp;\u2014 O\u2018zbekiston Karlar jamiyatining O\u2018zbekistondagi kar va&nbsp;zaif eshituvchi insonlar uchun ta\u2019lim, fan, sport va&nbsp;madaniyat mavzularini yoritib boruvchi&nbsp;<a href=\"http:\/\/uzsd.uz\/\">blogi<\/a>&nbsp;muallifi, \u201cMaktabgacha ta\u2019lim metodikasi va&nbsp;nazariyasi\u201d jurnali tahririyati bosh dizayneri.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><img decoding=\"async\" width=\"100\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2019\/04\/VwTEuh15553772704541_b.jpg\"><a href=\"https:\/\/twitter.com\/d_yusupov\">Dilmurad Yusupov<\/a>&nbsp;\u2014 Sasseks universiteti (Buyuk Britaniya)ning Rivojlanish muammolarini tadqiq etish instituti doktoranti, \u201cBuyuk kelajak\u201d ekspertlar kengashi a\u2019zosi, \u201cGazeta.uz\u201d kolumnisti.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Maqola 2019-yil 23-aprel Gazeta.uz da <a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/oz\/2019\/04\/23\/subtitrlar\/\">chop etilgan<\/a>.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u0418\u043b\u043b\u044e\u0441\u0442\u0440\u0430\u0446\u0438\u044f: \u042d\u043b\u0434\u043e\u0441 \u0424\u0430\u0437\u0438\u043b\u0431\u0435\u043a\u043e\u0432 \/ \u00ab\u0413\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430.uz\u00bb Qanday qilib yangi texnologiyalar yordamida kar va\u00a0zaif eshituvchi insonlarning savodxonlik&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":744,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[72,74],"tags":[114,233,237],"class_list":["post-746","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-mutaxassis","category-oavda-maqola","tag-karlar","tag-malumot-qulayligi","tag-oqilona-qulaylik"],"acf":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v28.8 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak - Dilmurad Yusupov<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak - Dilmurad Yusupov\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u0418\u043b\u043b\u044e\u0441\u0442\u0440\u0430\u0446\u0438\u044f: \u042d\u043b\u0434\u043e\u0441 \u0424\u0430\u0437\u0438\u043b\u0431\u0435\u043a\u043e\u0432 \/ \u00ab\u0413\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430.uz\u00bb Qanday qilib yangi texnologiyalar yordamida kar va\u00a0zaif eshituvchi insonlarning savodxonlik...\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Dilmurad Yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:author\" content=\"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2019-04-17T20:53:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-03-09T20:59:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/hie97g15554856085469_l.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"900\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"600\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"dilmurad_admin\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@d_yusupov\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@d_yusupov\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"dilmurad_admin\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\\\/\\\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/\"},\"author\":{\"name\":\"dilmurad_admin\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"headline\":\"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak\",\"datePublished\":\"2019-04-17T20:53:00+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-09T20:59:41+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/\"},\"wordCount\":1897,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/hie97g15554856085469_l.jpg\",\"keywords\":[\"karlar\",\"ma\u2019lumot qulayligi\",\"oqilona qulaylik\"],\"articleSection\":[\"Mutaxassis\",\"OAVda maqola\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/\",\"name\":\"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak - Dilmurad Yusupov\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/hie97g15554856085469_l.jpg\",\"datePublished\":\"2019-04-17T20:53:00+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-09T20:59:41+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/hie97g15554856085469_l.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/hie97g15554856085469_l.jpg\",\"width\":900,\"height\":600},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\\\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#website\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/\",\"name\":\"Dilmurad Yusupov\",\"description\":\"Activist researcher advocating for disability inclusive development in Uzbekistan.\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":[\"Person\",\"Organization\"],\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\",\"name\":\"dilmurad_admin\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"width\":512,\"height\":512,\"caption\":\"dilmurad_admin\"},\"logo\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\"},\"description\":\"Activist researcher advocating for disability inclusion in Uzbekistan, disability and development consultant\",\"sameAs\":[\"http:\\\/\\\/dilmurad.me\",\"http:\\\/\\\/www.facebook.com\\\/dilmurad.yusupov\",\"https:\\\/\\\/www.instagram.com\\\/dilmurad.me\\\/\",\"http:\\\/\\\/www.linkedin.com\\\/in\\\/dilmuradyusupov\",\"https:\\\/\\\/x.com\\\/d_yusupov\",\"https:\\\/\\\/www.youtube.com\\\/@dilmurad_me\"],\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/author\\\/dilmurad_admin\\\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak - Dilmurad Yusupov","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak - Dilmurad Yusupov","og_description":"\u0418\u043b\u043b\u044e\u0441\u0442\u0440\u0430\u0446\u0438\u044f: \u042d\u043b\u0434\u043e\u0441 \u0424\u0430\u0437\u0438\u043b\u0431\u0435\u043a\u043e\u0432 \/ \u00ab\u0413\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430.uz\u00bb Qanday qilib yangi texnologiyalar yordamida kar va\u00a0zaif eshituvchi insonlarning savodxonlik...","og_url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/","og_site_name":"Dilmurad Yusupov","article_publisher":"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","article_author":"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","article_published_time":"2019-04-17T20:53:00+00:00","article_modified_time":"2024-03-09T20:59:41+00:00","og_image":[{"width":900,"height":600,"url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/hie97g15554856085469_l.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"dilmurad_admin","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@d_yusupov","twitter_site":"@d_yusupov","twitter_misc":{"Written by":"dilmurad_admin","Est. reading time":"9 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/"},"author":{"name":"dilmurad_admin","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"headline":"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak","datePublished":"2019-04-17T20:53:00+00:00","dateModified":"2024-03-09T20:59:41+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/"},"wordCount":1897,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"image":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/hie97g15554856085469_l.jpg","keywords":["karlar","ma\u2019lumot qulayligi","oqilona qulaylik"],"articleSection":["Mutaxassis","OAVda maqola"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/","url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/","name":"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak - Dilmurad Yusupov","isPartOf":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/hie97g15554856085469_l.jpg","datePublished":"2019-04-17T20:53:00+00:00","dateModified":"2024-03-09T20:59:41+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/#primaryimage","url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/hie97g15554856085469_l.jpg","contentUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/hie97g15554856085469_l.jpg","width":900,"height":600},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/savodli-bolish-uchun-satrlar-ortidan-yugurish-kerak\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Savodli bo\u2018lish uchun satrlar ortidan \u201cyugurish\u201d kerak"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#website","url":"https:\/\/dilmurad.me\/","name":"Dilmurad Yusupov","description":"Activist researcher advocating for disability inclusive development in Uzbekistan.","publisher":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/dilmurad.me\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":["Person","Organization"],"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16","name":"dilmurad_admin","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","contentUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","width":512,"height":512,"caption":"dilmurad_admin"},"logo":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png"},"description":"Activist researcher advocating for disability inclusion in Uzbekistan, disability and development consultant","sameAs":["http:\/\/dilmurad.me","http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","https:\/\/www.instagram.com\/dilmurad.me\/","http:\/\/www.linkedin.com\/in\/dilmuradyusupov","https:\/\/x.com\/d_yusupov","https:\/\/www.youtube.com\/@dilmurad_me"],"url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/author\/dilmurad_admin\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/746","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=746"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/746\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":749,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/746\/revisions\/749"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/744"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=746"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=746"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=746"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}