{"id":491,"date":"2019-09-27T16:32:57","date_gmt":"2019-09-27T13:32:57","guid":{"rendered":"https:\/\/dilmurad.sharoitplus.uz\/?p=491"},"modified":"2024-03-09T11:54:19","modified_gmt":"2024-03-09T08:54:19","slug":"avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/","title":{"rendered":"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida!"},"content":{"rendered":"\n<h3 class=\"wp-block-heading\">Kar va\u00a0zaif eshituvchi kishilarning munosib va\u00a0xavfsiz mehnat qilishga bo\u2018lgan huquqlari muntazam ravishda buzilmoqda, jamoatchilik esa bunga ko\u2018z yummoqda. Dilmurod Yusupov avtoturargohlarning kar xizmatchilari bilan suhbatlashib, ularning kundalik og\u2018ir ishlariga guvoh bo\u2018ldi.<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">8 sentyabr kuni menga Toshkent ippodromi avtoturargohida otishma sodir bo\u2018lgani haqidagi daxshatli xabarni yuborishdi. Avtoturargohning eshitish qobiliyati cheklangan xodimlariga g\u2018alati quroldan besh martadan o\u2018q uzilgan. Noma\u2019lum shaxslar avtoturargohda faoliyat ko\u2018rsatayotgan kar xizmatchilarni ippodrom turargohida tutib olib, ushlab turgan holda ularga o\u2018q otishgan. Natijada eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan ikki yigit bo\u2018yin, ensa va hatto ko\u2018z sohasida bir necha o\u2018q jarohatlarini oldi. Biri o\u2018q yanog\u2018iga tegishi oqibatida ikki tishidan ayrildi. Boshqa o\u2018q esa ko\u2018ziga tegdi, ayni paytda uni jarrohlik amaliyotiga tayyorlashmoqda. Shifokorlarning fikricha, uning yana ko\u2018rish imkoniyati ellikka ellik.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2019\/10\/7PivSz15701202883262_b.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2019\/10\/BFTdgZ15701202933322_b.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>2018 yilning 8 sentyabr kuni \u00abMarkaziy Ippodrom\u00bb OAJ avtoturargohining kar xodimlariga qurolli hujum jabrlanuvchilari. Ismini oshkor qilmaslikni so\u2018ragan hodisa guvohining fotosi.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xuddi shu&nbsp;kuni jabrlanuvchilar o\u2018zlari mustaqil Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga qadar yetib borishadi. Biroq tibbiyot xodimlaridan hech biri ularning birinchi yordam ko\u2018rsatish haqidagi imo-ishoralariga e\u2019tibor qaratmaydi. Kar xizmatchilar o\u2018qdan yaralangan holda ichki ishlar xodimlari tezkor-qidiruv ishlarini olib borish uchun kelgunlariga qadar ikki soat davomida kutish yo\u2018lagida o\u2018tirishadi. Shundan keyingina jabrlanuvchilarga zarur tibbiy yordam ko\u2018rsatishga kirishishadi. So\u2018ngra yigitlarni shifoxonadan prokuraturaga olib ketishadi. Tuman ichki ishlar bo\u2018limida ularning arizasi rasmiylashtirilgandan buyon sukunat kuzatilmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari ishlari qanday natija bergani hozircha noma\u2019lum qolmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sodir bo\u2018lgan hodisa guvohlari menga jinoyat sodir etilgan joydagi video yozuvlari kuzatuv kameralari simsiz aloqa orqali ishlashi, o\u2018sha kuni kuchli shamol bo\u2018lgani sababli barcha uskunalar o\u2018chgani bois saqlab qolinmaganini xabar qilishdi. Jinoyat sodir etilgan kundan bir necha hafta o\u2018tganini hisobga olsak, avtoturargohning kar ishchilariga shifoxonada davolanish kursini o\u2018tash va&nbsp;shu&nbsp;bilan mazkur ishni yopish taklif etilmoqda, deyish mumkin. Biroq eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan kishilarni ishga joylashtirish sohasida to\u2018planib qolgan muammolar va&nbsp;ularga nisbatan munosabat mohiyatiga chuqurroq kirib borilsa, ularga qarshi qurolli bosqinchilik tasodifan sodir etilmagani va&nbsp;unga eltuvchi ildizlar allaqachon yetilganini tushunish qiyin ish&nbsp;emas.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><strong>Avtoturargohdagi kar ishchilariga hujum sabablari<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Joriy yilning yozida imo-ishora tarjimoni bilan biz avtoturargohlarning kar ishchilari bilan suhbatlashish uchun poytaxtdagi bozorlardan birining avtoturargohiga yo\u2018l oldik. Jazirama issiqda turishning imkoni yo\u2018q edi va&nbsp;tarjimon ikkimiz turargohda besh daqiqadan ortiq qola olmadik. Bizning ishoralarimizga avtoturargohning kar ishchilaridan biri javob qaytarib, darhol menga savol bilan yuzlandi: \u00abSiz bizga ish&nbsp;taklif qilish uchun zavoddan keldingizmi?\u00bb Konditsionerli avtomobilga o\u2018tirar ekanmiz, ushbu avtoturargohda faoliyat ko\u2018rsatayotgan kar ishchilarning bunday jaziramada to\u2018liq ish&nbsp;jadvaliga qanday dosh berayotganini aqlimizga sig\u2018dira olmadik.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz bozor turargohidan chiqib ketdik, chunki ularni ishdan qoldirish va og\u2018ir ishlariga halal berishni istamadik. Keyinroq ko\u2018p yillik ish&nbsp;tajribasiga ega avtoturargohdagi kar ishchilarning biridan intervyu olishga muvaffaq bo\u2018ldik:<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abSakkiz yildan oshdiki bozorda ishlayapmiz. Hozir sakkiz kishimiz va&nbsp;<strong>hech birimizda mehnat daftarchasi yo\u2018q<\/strong>. Karlar jamiyati orqali bir necha marta tuman hokimiyati va&nbsp;soliq inspeksiyasiga yozma murojaat qilib, bizlarni avtoturargohga rasman ishga joylashtirishlarini so\u2018radik. Biz patent va&nbsp;barcha soliqlarni to\u2018lashga tayyor edik. Biroq barcha murojaat va&nbsp;xatlarga qaramasdan, hech kim mehnatimizni ishonchli shaklda rasmiylashtirishni xohlamadi. Axir biz sakkiz yildan oshdiki shu&nbsp;avtoturargohda ishlab kelmoqdamiz\u00bb.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston Karlar jamiyati Toshkent viloyati boshqarmasi ko\u2018magida ular bir necha marta xuddi shunday iltimos bilan yuqori turuvchi davlat organlariga murojaat qilgan. 2017 yil 28 mart kuni \u00abIppodrom\u00bb sport majmuasi hududidagi sobiq tramvay liniyasidan bo\u2018shagan maydonda avtoturargoh uchun joy ajratish hamda eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan besh nafar erkakka u&nbsp;yerda avtomashinalarga qarovchi bo\u2018lib ishlashga ruxsat berish to\u2018g\u2018risida Chilonzor tumani hokimi (o\u2018sha vaqtda Tohir Mirxidoyatov hokim edi, joriy yil aprelida uning o\u2018rnini Davron Xidoyatov egalladi&nbsp;\u2014 muallifdan) va&nbsp;\u00abMarkaziy Ippodrom\u00bb OAJ bosh direktori A\u2019zam Izbosarovga xuddi shunday iltimos bilan murojaat qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eng qizig\u2018i, ushbu eshitish qobiliyati cheklangan yigitlar ippodrom avtoturargohida 2009 yildan buyon norasmiy ravishda ishlab kelishmoqda. Men bilan suhbatda ular Chilonzor buyum bozori yaqinida joylashgan avtoyo\u2018lni o\u2018z kuchlari bilan tartibga keltirishgani, avtoturargoh hududini obodonlashtirishgani&nbsp;\u2014 avval tramvay liniyasi bo\u2018lgan yo\u2018lni tekislab, butun hududni chiqindilardan tozalashganini so\u2018zlab berishdi. Biroq, Karlar jamiyatining ko\u2018p sonli iltimoslariga qaramasdan, \u00abMarkaziy Ippodrom\u00bb OAJ ular mehnatini mehnat qonunchiligiga ko\u2018ra rasmiylashtirmadi. Aksincha, ippodrom rahbariyati ular bilan hamkorlik qilishni xohlamasdan, ulardan avtoturargoh hududini zudlik bilan bo\u2018shatib qo\u2018yishni so\u2018rashgan va&nbsp;nogironligi bo\u2018lmagan yangi avtoturargoh ishchilarini yollagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abUlar (eshitadigan avtoturargoh ishchilari&nbsp;\u2014 tahr.) begona yigitlar emas. Men ularga buyruq berdim (gap ishga qabul qilish to\u2018g\u2018risidagi buyruq haqida ketayotgan bo\u2018lsa kerak&nbsp;\u2014 muallif fikri). Meni to\u2018g\u2018ri tushuning, bu&nbsp;\u2014 davlatning yeri va&nbsp;men necha yil ularga (kar ishchilarga&nbsp;\u2014 tahr.) ishlashga imkoniyat berdim. Bu&nbsp;shuncha qo\u2018llab-quvvatlaganim uchun menga minnatdorchilikmi?! Ularning ishlashiga noqonuniy ravishda imkon berdik. Men o\u2018zim ularga ruxsat berdim.&nbsp;<strong>Axir ular qonuniy ishlashmaydi. Ular davlatga soliq to\u2018lashadimi? Ular hisob<\/strong><strong>&#8211;<\/strong><strong>kitob yurita olishmaydi<\/strong>\u00bb,&nbsp;\u2014 deya izoh berdi \u00abMarkaziy Ippodrom\u00bb OAJ bosh hisobchisi Abdujabbor Uzoqov telefon orqali suhbatda.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abDirektor biz bilan suhbatda juda qo\u2018pol munosabatda bo\u2018ldi va&nbsp;bu&nbsp;bizning muammomiz ekanini aytdi. Nima uchun ippodrom rahbariyati bizni eshitishdan bosh tortishmoqda? Biz ham ular kabi odamlarmiz-ku axir. Nima uchun bizni eshitadiganlar va&nbsp;eshitmaydiganlarga ajratishmoqda? Nima uchun ular ishlashimizga ishonishmayapti? Axir biz avtoturargohdan o\u2018n yildan oshdiki hech qanday favqulodda hodisalarsiz ishlab kelayapmiz-ku!\u00bb&nbsp;\u2014 dedi qurolli bosqinchilikda jarohatlangan kar ishchilardan biri xafa bo\u2018lgan holda.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><strong>\u00abBiz ko\u2018chanikimiz va hech kimga kerak emasmiz\u00bb<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ehtimol, ko\u2018pchiligimiz Toshkent avtoturargohlarida qishin-yozin qo\u2018lbola tayoqcha va hushtakli erkaklarni payqagandirmiz. Biroq nima uchun ular ko\u2018chada qolishdi ekan, deb savol beradiganlar kam. Shuningdek, nima uchun aynan eshitish bo\u2018yicha nogironligi bor kishilar avtoturargohlarni band qilishgan? Ayrimlar nazarida ular haydovchilardan pul undiradigan oddiy ko\u2018cha tilanchilaridek ko\u2018rinar ehtimol. Boshqalar ularga achinganidan qo\u2018llariga mayda pul tutib ketishlari mumkin. Lekin hech kim ularning yashash sharoitlari va&nbsp;ijtimoiy himoyasi to\u2018g\u2018risida o\u2018ylab ham ko\u2018rmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Men ochiqchasiga suhbatlasha olgan avtoturargoh kar ishchilaridan biri o\u2018z mehnat faoliyatini 1988 yilda Karlar jamiyati qoshidagi o\u2018quv-ishlab chiqarish korxonalaridan (O\u2018ICHK) birida boshlaganini so\u2018zlab berdi. Uch&nbsp;yillik ish&nbsp;stajiga ega bo\u2018lgandan keyin u&nbsp;korxonani tark etadi va&nbsp;turli ishlarda tirikchilik qilishni boshlaydi. 2000-yillardan boshlab esa avtoturargohda ishlay boshlaydi. U&nbsp;necha yillardan buyon norasmiy ishlab kelayotgani va hozirda keksalikda ishonchli pensiyani rasmiylashtirish uchun yetarli ish&nbsp;stajiga ega emasligidan o\u2018kinadi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abAvtoturargoh egalari biz kar bo\u2018lganimiz uchun rasman ishlay olmasligimizni aytishadi. Biroq biz necha yillardan beri ishlab kelayapmiz, o\u2018zimiz avtomobil hayday olamiz.&nbsp;<strong>Biz ko\u2018cha odamlarimiz, hech kimga kerak emasmiz<\/strong>\u00bb,&nbsp;\u2014 deya o\u2018kinadi avtoturargoh kar ishchisi men bilan suhbatda.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ma\u2019lum bo\u2018lishicha, poytaxt avtoturargohlarida u&nbsp;bilan birga hududlardan&nbsp;\u2014 Surxondaryo, Farg\u2018ona, Andijon va&nbsp;boshqa viloyatlardan kelgan eshitish bo\u2018yicha nogironligi bor kishilar ham ishlashadi. Ular Toshkentda yomon yashash sharoitlariga ega ijaraga olingan kvartiralarda guruh bo\u2018lib yashashadi. Ularning ishlash va ehtimoliy favqulodda hodisalardan himoyalanish tamoyili \u00abbir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun\u00bb shioriga asoslanadi. Agarda avtoturargohda avtomobil qirilsa yoki to\u2018qnashuv sodir bo\u2018lsa, yoki avtoturargohda qoldirilgan mashinadan buyumlar yo\u2018qolsa moliyaviy javobgarlik bu&nbsp;yerda ishlayotgan barcha kar xodimlar zimmasiga yuklatiladi. Bunday hodisalar esa oyda eng kamida bir marta sodir bo\u2018lib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Buxoro viloyatidan kelgan ishchilardan biri umrining so\u2018ngiga qadar avtoturargohda ishladi. Yaqinda u&nbsp;vafot etdi. Jigar saratoni xastaligiga chalingan ekan. Eshitish qobiliyati cheklangan do\u2018stlarimizdan uch&nbsp;nafari \u00abkasb kasalliklari\u00bb sababli hayotdan ko\u2018z yumishdi, dedi menga suhbatdoshim. Tibbiy yordam olishni cho\u2018ntaklari ko\u2018tarmaydi va&nbsp;avtoturargohlarda ishlayotgan kar xodimlarning ko\u2018pchiligi so\u2018nggi nafasi qolgunga qadar ishlaydi. Agar kasal bo\u2018lib qolsa, u har qanday yordam va&nbsp;puldan quruq qoladi. Shuning uchun avtoturargoh kar ishchilari yozning jaziramasiyu qishning qahratonida ham salomatligini xavf ostida qoldirib ishlashga majbur. Quyosh ostida doimiy ravishda turgan holda ko\u2018zlarini quyosh nurlaridan himoyalamaganlari sababli ularning ayrimlari hatto ko\u2018z nurlarini yo\u2018qotmoqda. Hatoki ulardan biri avtoturargohda ishlar ekan, ko\u2018z nuridan butunlay mahrum bo\u2018lib, ham ko\u2018zi ojiz, ham kar kishiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><strong>Ishsizlik va&nbsp;mehnat bozoridagi kamsitishlar<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining (TMEK) nogironlik to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotnomasida kasbiy va&nbsp;mehnat faoliyati bo\u2018yicha xulosa va&nbsp;tavsiyalar beriladi. Bu&nbsp;avvalo&nbsp;<strong>eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan odamlar \u00abmaxsus sharoitlarda ishlashlari mumkin\u00bb&nbsp;<\/strong>ekanini anglatadi. Bundan O\u2018zbekiston Karlar jamiyati qoshida haligacha faoliyat ko\u2018rsatib kelayotgan karlarning ixtisoslashtirilgan o\u2018quv-ishlab chiqarish korxonalari nazarda tutiladi. Respublika bo\u2018ylab o\u2018nlab shu&nbsp;kabi korxonalarda jami 240\u2212250 nafar kar va&nbsp;zaif eshituvchi insonlar mehnat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abKarlar eng ko\u2018p Toshkentdagi 1-sonli va&nbsp;Andijondagi O\u2018ICHKda&nbsp;\u2014 80 kishidan mehnat qilmoqda. Viloyatlardagi qolgan O\u2018ICHKlarda o\u2018rtacha 20 nafardan kar ishchilar faoliyat ko\u2018rsatmoqda. Samarqanddagi O\u2018ICHK uzoq muddatdan buyon ishlayotgani yo\u2018q. Xo\u2018jaylidagi O\u2018ICHKning katta binosi sobiq ittifoq davrida qurilgan, biroq korxona to\u2018liq quvvatlarda ishlayotgani yo\u2018q \u2014 5\u22126 kishi mehnat qilmoqda xolos. Qashqadaryoda joylashgan O\u2018ICHK viloyat hokimiyati yordami bilan hozirda yana faoliyat ko\u2018rsatishni boshladi. Biroq Karlar jamiyatining barcha O\u2018ICHKlari viloyat markazlari va&nbsp;yirik shaharlarda&nbsp;\u2014 Qo\u2018qon, Namangan, Samarqand, Buxoro va Qarshida joylashgan.&nbsp;<strong>Guliston, Farg\u2018ona, Navoiy va&nbsp;Termizda esa hech qanday ixtisoslashgan ishlab chiqarish yo\u2018q<\/strong>\u00bb,&nbsp;\u2014 dedi O\u2018zbekiston Karlar jamiyati Markaziy Boshqaruvining reabilitatsiya ishlari bo\u2018yicha yetakchi mutaxassisi Inog\u2018omov Mag\u2018rubjon.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Karlar jamiyati ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, 2019 yil holatida mamlakatda rasman 21600 kishi eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan shaxslar sifatida ro\u2018yxatga olingan bo\u2018lib, ularning 5700 nafari ixtisoslashgan maktab-internatlarida tahsil olmoqda. Bugungi kunda Jamiyatga 10100 kishi a\u2019zo bo\u2018lgan. Ushbu raqamlardan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatda&nbsp;<strong>eshitish bo\u2018yicha nogironligi bor insonlarni ishga joylashtirish uchun maxsus ishchi ish o\u2018rinlari yetishmovchiligi sezilmoqda.&nbsp;<\/strong>Avtoturargohlarning kar xizmatchilari ham aynan O\u2018ICHKlarda ish o\u2018rinlari yo\u2018q ekanidan shikoyat qilishdi. Hatto ish o\u2018rinlari bo\u2018lgan taqdirda ham, ular taklif etilayotgan maosh va&nbsp;mehnat sharoitlaridan norozi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abOyliklar har joyda har xil. Masalan, Andijondagi O\u2018ICHKda yaxshi ishlashayotgani va&nbsp;oylik maoshlari me\u2019yorida ekanini aytishdi. Toshkentdagi 1-sonli O\u2018ICHK mebel sexida 1 mln so\u2018mdan ko\u2018proq maosh olishadi. Qog\u2018oz sochiqchalar ishlab chiqarish sexida ishlayotgan ayollar esa kamroq oylik olishadi. Menga tez-tez avtoturargohlarning kar ishchilari murojaat qilib, ularni&nbsp;<strong>ish&nbsp;joyidan haydayotganlarini<\/strong>&nbsp;aytishadi. Mana bugun ham men kafe ma\u2019muriyatiga ularning avtoturargohi bo\u2018yicha yozdim.&nbsp;<strong>Kar ishchilar ularni haydayotganlari, o\u2018rniga sog\u2018lom, eshitadigan odam kelganidan shikoyat qiladi. Kar ishchilarga alam qiladi, albatta.&nbsp;<\/strong>Ularga korxonaga ishga kirishni taklif qilaman. Firmalardan ishga qabul qilish to\u2018g\u2018risidagi takliflar bor. Biroq ular rozi emas. Korxonalardagi mehnat sharoitlari ularni qanoatlantirmaydi. Oylik 1 mln so\u2018mga yaqin. Avtoturargohda ular ko\u2018proq topishadi. Va&nbsp;biz bular uchun ularni ayblay olmaymiz. Odam yaxshiroq joyni izlaydi. Karlar bozor iqtisodiyotiga o\u2018tish davrida dunyoga kelganlari uchun aybdor emas\u00bb,&nbsp;\u2014 deydi O\u2018zbekiston Karlar jamiyati Toshkent viloyat boshqarmasi raisi Lyubov Inogamova.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uning so\u2018zlariga ko\u2018ra, avvallari Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi kabi yirik korxonalarda 450 nafargacha kar odamlar ishlagan. \u00abToshqishloqxo\u2018jalikmash\u00bb zavodida&nbsp;\u2014 250 kishi. Toshkent traktor zavodida&nbsp;\u2014 70 kishi. Toshkentdagi 1-sonli O\u2018ICHKda 500\u2212700 kishi band bo\u2018lgan. Qishloq joylaridan kelganlarga yotoqxonalarda joy berilgan. Hozir esa viloyatlardagi O\u2018ICHKlar qoshida tuman va qishloqlardan kelgan kar ishchilar uchun yotoqxonalar yo\u2018q.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avtoturargohlarning kar ishchilari bekorga menga ko\u2018plab eshitish bo\u2018yicha nogironligi bor kishilar aynan Termiz va&nbsp;Farg\u2018onadan poytaxt avtoturargohlarida ishlash uchun kelishini aytishmagan, chunki u&nbsp;yerlarda karlar uchun O\u2018ICHKlar yo\u2018q. Eng daxshatlisi&nbsp;\u2014 avtoturargohlarda nafaqat erkaklar, balki kar ayollar ham ishlashga majbur. Ular, shuningdek, ko\u2018p hollarda yer&nbsp;osti o\u2018tish yo\u2018llari va&nbsp;boshqa jamoat joylarida o\u2018tkinchilarga o\u2018z vaznini tortib ko\u2018rishni taklif qilib tirikchilik qilishga majbur bo\u2018lmoqda.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abKar odamlar ish&nbsp;izlashda ulkan qiyinchiliklarga duch keladi.&nbsp;<strong>Karlarni korxonalarga qabul qilishmaydi. Eshitishmaydi, so\u2018zlay olishmaydi, yaxshi ta\u2019lim olmagan, yuqori oylik to\u2018lanadigan malakali ishlarda ishlay olmaydi.&nbsp;<\/strong>Karlarning nogironlik pensiyasi juda oz, yashash va&nbsp;oila, bola-chaqa boqishga yetmaydi. Karlar oilalarida odatda erning ham, xotinning ham eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018ladi. Yosh&nbsp;bolalari bo\u2018ladi. Bolalar o\u2018sishi, kiyinishi va o\u2018qishi kerak. Bularning barchasi uchun to\u2018lash kerak. Jismonan sog\u2018lom bo\u2018lgan kar erkaklar o\u2018z imkoniyatlari bo\u2018yicha ishlashni va qo\u2018llaridan kelganlaricha pul topishni xohlashadi. Jumladan, avtoturargohlar ishchilari ham\u00bb,&nbsp;\u2014 deyiladi Karlar jamiyatining \u00abMarkaziy Ippodrom\u00bb OAJga yo\u2018llagan maktubida.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan odamlar nafaqat milliy, balki tashqi mehnat bozorlarida ham to\u2018siqlarga duch kelmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xorijda&nbsp;\u2014 Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya va&nbsp;boshqa davlatlarda mehnat faoliyatini olib borishlariga bo\u2018lgan huquqlarini amalga oshirishda O\u2018zbekiston fuqarolarini qo\u2018llab-quvvatlab kelmoqda. Biroq kar odamlar eshitadigan mehnat muhojirlari bilan teng ravishda ushbu huquqni amalga oshira olmaydilar. Agentlikda mutaxassislik va&nbsp;tegishli kasb egasi bo\u2018lmaganlari uchun karlarga rad javobi berilmoqda. Aksariyat eshitish bo\u2018yicha nogironligi bor erkaklar ta\u2019lim olmagan, avtoturargohlarning ba\u2019zi kar ishchilari kasbiy tayyorgarlikni qo\u2018ying, hatto yozishni ham, o\u2018qishni ham bilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shusiz ham aholining ijtimoiy zaif toifasi&nbsp;\u2014 nogironligi bo\u2018lgan odamlar,&nbsp;\u2014 kar kishilar ko\u2018cha avtoturargohlarida og\u2018ir va&nbsp;xavfsiz bo\u2018lmagan sharoitlarda ishlagan holda o\u2018zlarini yanada kattaroq xatarlarga duchor etmoqdalar. Ular mehnatining davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagani ularni yanada zaif ahvolga tushirmoqda.&nbsp;<strong>Avtoturargohlarni ko\u2018plab kar erkaklar uchun boyishning oson yo\u2018li deb qarash noto\u2018g\u2018ri.<\/strong>&nbsp;Ular ishsizlik sababli&nbsp;\u2014 ayniqsa hududiy O\u2018ICHKlarda ish o\u2018rinlarining yetishmasligi, umumiy mehnat bozorida nogironlik alomatlari bo\u2018yicha kamsitish, savodsizlik hamda yomon ta\u2019lim yoki hatto uning mavjud emasligi ortidan avtoturargohlarga chiqishga majbur bo\u2018lishmoqda.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><strong>Nogironligi bo\u2018lgan odamlarning davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlanishi<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nogironligi bo\u2018lgan odamlarni ish&nbsp;bilan ta\u2019minlash bugungi kundagi eng o\u2018tkir ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Ko\u2018rinib turibdiki, O\u2018zbekiston Karlar jamiyati yakka holatda mehnat yoshidagi barcha kar va&nbsp;zaif eshituvchi odamlarni ish&nbsp;va&nbsp;munosib mehnat sharoitlari bilan ta\u2019minlay olmaydi. Jamiyatning tuman hokimiyatlariga yozma murojaatlari hech qanday e\u2019tiborsiz qolayotgani ham mutasaddi rahbarlarning munosabati qanday ekanini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqindagi&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4485129\">qarori<\/a>&nbsp;sharofati bilan 23 avgustdan bozor iqtisodiyoti sharoitida nogironligi bo\u2018lgan odamlar korxonalarining davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlanishi bo\u2018yicha choralar qabul qilindi. Jumladan, nogironligi bo\u2018lgan xodimlari soni umumiy shtatning 50 foizidan hamda ular mehnatiga to\u2018lov fondi umumiy fondning 50 foizidan kam bo\u2018lmagan korxonalar daromad solig\u2018i, qo\u2018shilgan qiymat, mol-mulk soliqlarini to\u2018lashdan ozod qilinadi, ularga nisbatan, shuningdek, yer&nbsp;solig\u2018ining pasaytirilgan stavkasi ham tatbiq etiladi. Qo\u2018shimcha ravishda, davlat buyurtmachilariga bunday korxonalardan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari tasdiqlagan ro\u2018yxat bo\u2018yicha tovarlar (ish, xizmatlar) sotib olishda kvotalar taqdim etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abNogironlarning ijtimoiy himoyalanganligi to\u2018g\u2018risida&raquo;gi&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1372498\">qonunda<\/a>&nbsp;davlat organlari hamda 20 nafardan ortiq kishi bandligi ta\u2019minlangan xususiy sektor va&nbsp;jamoat tashkilotlari ishchi-xodimlarining eng kamida 3 foizi miqdorida majburiy kvota ko\u2018zda tutilgan. Biroq amaliyotda hatto davlat organlari ham nogironligi bo\u2018lgan odamlarni ishga olmagan holda qonunlarga rioya etayotgani yo\u2018q. Aks holda ular birinchi bo\u2018lib kichik va o\u2018rta biznes uchun ham chiroyli namuna ko\u2018rsatgan bo\u2018lar edi. Agarda davlat organlari ning o\u2018zlari qonunni buzib, buning ustiga jazosiz qolsa (kvotani to\u2018ldirmaganlik uchun ma\u2019muriy jazo chorasi ko\u2018zda tutilgan&nbsp;\u2014 muallif), xususiy korxonalardan nimani kutish mumkin?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2018 yilning 11 iyun kuni qabul qilingan boshqa bir prezident&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3778019\">qarorida<\/a>&nbsp;nogironligi bo\u2018lgan shaxslar jamoat birlashmalari va&nbsp;tadbirkorlik sub\u2019ektlari nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni&nbsp;<strong>to\u2018laqonli ravishda ishga jalb qilmayotgani<\/strong>&nbsp;qayd etildi. Qaror bilan shtat xodimlarining eng kamida 50 foizi nogironligi bo\u2018lgan shaxslardan iborat bo\u2018lgan korxonalarga qo\u2018shimcha imtiyoz va&nbsp;preferensiyalar joriy etildi. Savdo-sanoat palatasiga NNTlar bilan birgalikda ushbu imtiyoz va&nbsp;preferensiyalar to\u2018g\u2018risida keng tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, nogironlik alomatlari bo\u2018yicha kamsitishga yo\u2018l qo\u2018ymaslik, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta\u2019minlash hamda ular buzilgan taqdirda, so\u2018zsiz javobgarlikka tortish topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezidentning 2017 yil 1 dekabrdagi nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlanish tizimini tubdan takomillashtirish to\u2018g\u2018risidagi asosiy&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3436196\">qaroriga<\/a>&nbsp;muvofiq, Sog\u2018liqni saqlash, Moliya, Adliya, Mehnat, Iqtisodiyot vazirliklari va&nbsp;Davlat soliq qo\u2018mitasiga&nbsp;<strong>Sog\u2018liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni qo\u2018llab-quvvatlash jamg\u2018arma\u0441\u0438<\/strong>\u043d\u0438&nbsp;tashkil etish vazifasi yuklatildi. Jamg\u2018arma faoliyatining asosiy yo\u2018nalishlaridan biri&nbsp;\u2014 nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun ish o\u2018rinlarini tashkil etishdan iborat edi. Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni ish&nbsp;bilan ta\u2019minlash bo\u2018yicha 3 foizlik kvota ajratish talabini bajarmaganlik uchun qonunchilikda ko\u2018zda tutilgan jarimalar jamg\u2018armaning asosiy daromad manbai etib belgilangan. Biroq jamg\u2018arma hisobiga ma\u2019muriy jarimalardan qancha mablag\u2018 kelib tushgani haligacha ma\u2019lum emas.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>O\u2018zbekistonda nogironligi bo\u2018lgan odamlar va aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalarini ijtimoiy himoya qilish sohasida nogironligi bo\u2018lgan bolalar va&nbsp;kattalarning huquq va&nbsp;manfaatlari uchun kurasha oladigan yagona muvofiqlashtiruvchi organning mavjud emasligi&nbsp;<\/strong>ijtimoiy sohada yig\u2018ilib qolgan muammolarni samarali va&nbsp;kompleks hal etishga kirishilmayotganining asosiy sabablaridan biridir. Ijtimoiy himoya qilish vazifasi ko\u2018plab vazirlik va&nbsp;idoralar o\u2018rtasida taqsimlangan bo\u2018lib, ularni ish&nbsp;bilan ta\u2019minlash hamda mehnat bozorida qulay sharoitlar yaratish uchun kim javobgarlikni zimmasiga olishi tushunarsiz.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><strong>Kar insonlar muammosiga loqaydligimiz nimasi bilan xatarli?<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2019 yil 1 iyun kuni \u00abGazeta.uz\u00bb so\u2018rovi bo\u2018yicha taqdim etilgan Davlat statistika qo\u2018mitasi ma\u2019lumotlarida ro\u2018yxatga olingan eshitish va&nbsp;buzilishning boshqa turlari bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan odamlar soni keltirilmagan, faqatgina nogironlik guruhlari bo\u2018yicha jadvaldan iborat statistika berilgan. Avtoturargohlarning kar ishchilari bilan suhbatda ularning ba\u2019zilari nogironlik guruhiga ham ega emasligi va&nbsp;tegishli ijtimoiy nafaqalarni olmasligi ma\u2019lum bo\u2018ldi. Bu&nbsp;esa ularni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlashi kerak bo\u2018lgan davlat organlari uchun \u00ab<a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/uz\/2019\/02\/06\/statistika\/\">ko\u2018rinmas<\/a>\u00bb holga keltirgan.&nbsp;<strong>Bu, shuningdek, ishonchli va to\u2018laqonli statistik ma\u2019lumotlar asosida samarali va&nbsp;barchani qamrab oluvchi ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishga to\u2018sqinlik qilmoqda.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">TMEK organlarining amaldagi ro\u2018yxatga olish tizimi ijtimoiy himoya qilishning sovetcha tizimi asoratlari hisoblangan nogironlikni mehnatga layoqatsizlik sifatida belgilashga asoslanadi. TMEKning nogironlik to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotnomasidan o\u2018rin olgan&nbsp;<strong>nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning faqatgina ular uchun maxsus yaratilgan sharoitlarda ishlashi mumkin<\/strong>&nbsp;degan yozuv nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni umumiy mehnat bozorida kamsitmoqda. Ish&nbsp;beruvchi mazkur yozuvni o\u2018qiganidan so\u2018ng, garchi eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan kishi jismonan sog\u2018lom va&nbsp;nogironligi bo\u2018lmagan boshqa odamlar qatorida tengma-teng ishlashga tayyor bo\u2018lsa ham, uni ishga olish huquqiga ega emasligini aytishi mumkin.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Abdujabbor Uzoqov&nbsp;\u2014 \u00abMarkaziy Ippodrom\u00bb OAJ bosh hisobchisining so\u2018zlari ham eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan odamlarning ishchanlik qobiliyatlari to\u2018g\u2018risidagi uydirmalar va to\u2018qib chiqarilgan stereotiplar mavjudligidan dalolat beradi. Aks holda qariyb o\u2018n yildan buyon mehnat qilib, o\u2018z ishini yaxshi eplayotgan bo\u2018lishsa, ham nima sababdan ippodrom rahbariyati ularni avtoturargohdan haydab solmoqda? Axir Nogironlar huquqlari to\u2018g\u2018risidagi BMT Konvensiyasida nogironligi bo\u2018lgan odamlarning mehnat huquqi nogironligi bo\u2018lmagan boshqalar bilan teng ekani ta\u2019kidlangan-ku.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abBandlikning har qanday shakllarida, jumladan, ishga qabul qilish, yollash va&nbsp;bandlik, ish&nbsp;joyini saqlab qolish, xizmat lavozimida ko\u2018tarilish hamda xavfsiz va&nbsp;sog\u2018lom mehnat sharoitlariga taalluqli&nbsp;<strong>barcha masalalarga nisbatan nogironlik belgisi bo\u2018yicha kamsitish taqiqlanadi<\/strong>\u00bb,&nbsp;\u2014 deyiladi O\u2018zbekiston 2009 yilda imzolagan, biroq haligacha ratifikatsiya qilmagan Nogironlar huquqlari to\u2018g\u2018risidagi konvensiyaning 27-moddasida.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avtoturargohlardagi kar ishchilarning mashaqqatli faoliyati mehnat qonunchiligiga muvofiq ravishda rasmiylashtirilishi, ularning barcha bilan barobar mehnat qilgan holda hayot kechirishga bo\u2018lgan huquqlari ta\u2019minlanishi shart. Davlat va\u00a0jamiyatning bu\u00a0ijtimoiy muammoga loqaydligi kelgusida poytaxtimiz ko\u2018chalaridagi hayot uchun kurash chog\u2018ida yanada og\u2018ir va qayg\u2018uli holatlarni keltirib chiqarishi hech gap emas. Eshitish bo\u2018yicha nogironligi bo\u2018lgan odamlarning milliy mehnat bozoriga kiritilmasligi jamiyatda ijtimoiy keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin. Bu\u00a0singari musibatlarning asosiy manbasi esa ishsizlik hamda mamlakatimizning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun munosib ish\u00a0joylarining mavjud emasligidadir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dilmurod Yusupov\u00a0\u2014 Sasseks universiteti (Buyuk Britaniya) Rivojlanish muammolarini o\u2018rganish instituti doktoranti.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Maqola Gazeta.uz da 2019-yil 3-oktyabr <a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/oz\/2019\/10\/03\/deaf-parking-attendants\/\">chop etildi<\/a>.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kar va\u00a0zaif eshituvchi kishilarning munosib va\u00a0xavfsiz mehnat qilishga bo\u2018lgan huquqlari muntazam ravishda buzilmoqda, jamoatchilik esa&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":485,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[72,74],"tags":[96,114,116],"class_list":["post-491","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-mutaxassis","category-oavda-maqola","tag-inklyuziv-mehnat","tag-karlar","tag-ozbek-imo-ishora-tili"],"acf":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v28.8 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida! - Dilmurad Yusupov<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida! - Dilmurad Yusupov\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Kar va\u00a0zaif eshituvchi kishilarning munosib va\u00a0xavfsiz mehnat qilishga bo\u2018lgan huquqlari muntazam ravishda buzilmoqda, jamoatchilik esa...\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Dilmurad Yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:author\" content=\"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2019-09-27T13:32:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-03-09T08:54:19+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dygnmc15693128770484_l.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"900\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"600\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"dilmurad_admin\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@d_yusupov\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@d_yusupov\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"dilmurad_admin\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"17 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\\\/\\\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/\"},\"author\":{\"name\":\"dilmurad_admin\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"headline\":\"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida!\",\"datePublished\":\"2019-09-27T13:32:57+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-09T08:54:19+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/\"},\"wordCount\":3331,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/dygnmc15693128770484_l.jpg\",\"keywords\":[\"inklyuziv mehnat\",\"karlar\",\"O\u2018zbek imo ishora tili\"],\"articleSection\":[\"Mutaxassis\",\"OAVda maqola\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/\",\"name\":\"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida! - Dilmurad Yusupov\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/dygnmc15693128770484_l.jpg\",\"datePublished\":\"2019-09-27T13:32:57+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-09T08:54:19+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/dygnmc15693128770484_l.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/dygnmc15693128770484_l.jpg\",\"width\":900,\"height\":600},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\\\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida!\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#website\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/\",\"name\":\"Dilmurad Yusupov\",\"description\":\"Activist researcher advocating for disability inclusive development in Uzbekistan.\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":[\"Person\",\"Organization\"],\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\",\"name\":\"dilmurad_admin\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"width\":512,\"height\":512,\"caption\":\"dilmurad_admin\"},\"logo\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\"},\"description\":\"Activist researcher advocating for disability inclusion in Uzbekistan, disability and development consultant\",\"sameAs\":[\"http:\\\/\\\/dilmurad.me\",\"http:\\\/\\\/www.facebook.com\\\/dilmurad.yusupov\",\"https:\\\/\\\/www.instagram.com\\\/dilmurad.me\\\/\",\"http:\\\/\\\/www.linkedin.com\\\/in\\\/dilmuradyusupov\",\"https:\\\/\\\/x.com\\\/d_yusupov\",\"https:\\\/\\\/www.youtube.com\\\/@dilmurad_me\"],\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/author\\\/dilmurad_admin\\\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida! - Dilmurad Yusupov","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida! - Dilmurad Yusupov","og_description":"Kar va\u00a0zaif eshituvchi kishilarning munosib va\u00a0xavfsiz mehnat qilishga bo\u2018lgan huquqlari muntazam ravishda buzilmoqda, jamoatchilik esa...","og_url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/","og_site_name":"Dilmurad Yusupov","article_publisher":"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","article_author":"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","article_published_time":"2019-09-27T13:32:57+00:00","article_modified_time":"2024-03-09T08:54:19+00:00","og_image":[{"width":900,"height":600,"url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dygnmc15693128770484_l.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"dilmurad_admin","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@d_yusupov","twitter_site":"@d_yusupov","twitter_misc":{"Written by":"dilmurad_admin","Est. reading time":"17 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/"},"author":{"name":"dilmurad_admin","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"headline":"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida!","datePublished":"2019-09-27T13:32:57+00:00","dateModified":"2024-03-09T08:54:19+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/"},"wordCount":3331,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"image":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dygnmc15693128770484_l.jpg","keywords":["inklyuziv mehnat","karlar","O\u2018zbek imo ishora tili"],"articleSection":["Mutaxassis","OAVda maqola"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/","url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/","name":"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida! - Dilmurad Yusupov","isPartOf":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dygnmc15693128770484_l.jpg","datePublished":"2019-09-27T13:32:57+00:00","dateModified":"2024-03-09T08:54:19+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/#primaryimage","url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dygnmc15693128770484_l.jpg","contentUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dygnmc15693128770484_l.jpg","width":900,"height":600},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/avtoturargohlarning-kar-xizmatchilari-hayoti-xavf-ostida\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Avtoturargohlarning kar xizmatchilari hayoti xavf ostida!"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#website","url":"https:\/\/dilmurad.me\/","name":"Dilmurad Yusupov","description":"Activist researcher advocating for disability inclusive development in Uzbekistan.","publisher":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/dilmurad.me\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":["Person","Organization"],"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16","name":"dilmurad_admin","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","contentUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","width":512,"height":512,"caption":"dilmurad_admin"},"logo":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png"},"description":"Activist researcher advocating for disability inclusion in Uzbekistan, disability and development consultant","sameAs":["http:\/\/dilmurad.me","http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","https:\/\/www.instagram.com\/dilmurad.me\/","http:\/\/www.linkedin.com\/in\/dilmuradyusupov","https:\/\/x.com\/d_yusupov","https:\/\/www.youtube.com\/@dilmurad_me"],"url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/author\/dilmurad_admin\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/491","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=491"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/491\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":492,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/491\/revisions\/492"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/485"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=491"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=491"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=491"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}