{"id":303,"date":"2020-03-02T00:37:25","date_gmt":"2020-03-01T21:37:25","guid":{"rendered":"https:\/\/dilmurad.sharoitplus.uz\/?p=303"},"modified":"2024-03-08T00:48:28","modified_gmt":"2024-03-07T21:48:28","slug":"inklyuziv-oliy-talim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/","title":{"rendered":"Inklyuziv oliy ta\u2019lim"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Foto: Illyustratsiya: Eldos Fazilbekov \/ \u00abGazeta.uz\u00bb<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">Qanday qilib O\u2018zbekistonda nogironligi bor insonlar oliy ta\u2019lim olishlari uchun sharoit yaratsa bo\u2018ladi? Dilmurod Yusupov tahlilida.<\/h2>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00ab2018 yilda qo\u2018shimcha 2% kvotalar tufayli nogironlikning I&nbsp;va&nbsp;II guruhiga mansub bo\u2018lgan shaxslar O\u2018zbekistonda oliy ta\u2019lim olish uchun o\u2018z imkoniyatlaridan foydalandilar. Bu&nbsp;oliy ta\u2019limga nogironligi bor shaxslarni jalb etish bo\u2018yicha oldinga qo\u2018yilgan ilk katta qadam. Ijobiy diskriminatsiya va&nbsp;kvotalash chora-tadbirlari nogironligi bor shaxslar uchun oliy ta\u2019lim muassasalarida tahsil olish jarayonida qanchalik samara beradi va&nbsp;teng imkoniyatlarni yarata oladi?\u00bb Oldinroq CABAR.asia saytida&nbsp;<a href=\"https:\/\/analytics.cabar.asia\/ru\/uzbekistan-kak-obespechit-dostupnost-vysshego-obrazovaniya-dlya-lyudej-s-invalidnostyu\/\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">nashr qilingan<\/a>&nbsp;Dilmurod Yusupov maqolasini \u00abGazeta.uz\u00bb kichik o\u2018zgarishlar bilan nashr qilmoqda.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonda oliy ta\u2019lim hali ham kirish imtihonlarida qattiq raqobatga dosh bera oladigan tanlangan imtiyozli kamchilik qatlami uchun mavjud. Ushbu vaziyat oliy ta\u2019lim muassasalarining soni kamligi va&nbsp;oliy ta\u2019limga bo\u2018lgan yuqori talab sababli saqlanib qolmoqda, O\u2018zbekistonda 30 yoshgacha bo\u2018lgan aholi soni 60%ni&nbsp;<a href=\"http:\/\/uza.uz\/ru\/programs\/26-years\/den-molodezhi-budet-vdokhnovlyat-ee-na-pokorenie-novykh-vyso-30-08-2017\/?m=y&amp;SECTION_CODE=26-years&amp;ELEMENT_CODE=den-molodezhi-budet-vdokhnovlyat-ee-na-pokorenie-novykh-vyso-30-08-2017\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">tashkil etadi<\/a>. O\u2018tgan yili O\u2018zbekistonning 60ta milliy universitetlari va&nbsp;ularning 19ta filiallari uchun hujjat qabul qilish haqida e\u2019lon berildi. Shu&nbsp;bilan bir vaqtda hukumat 80,965 talaba kvotasini&nbsp;<a href=\"http:\/\/www.dtm.uz\/\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">qabul qildi<\/a>.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu&nbsp;yili bir talaba o\u2018rni uchun o\u2018rtacha 8 kishi raqobatlashgan, ba\u2019zi viloyatlarda esa tanlov 1 joyga 20 kishidan ham ziyodroq bo\u2018lgan. Masalan, Toshkent tibbiyot akademiyasida o\u2018tgan yili rekord natija qayd qilindi, bir o\u2018ringa 23,2ta&nbsp;<a href=\"http:\/\/www.dtm.uz\/post\/view\/oliy-ta-lim-muassasalarida-hujjat-qabul-qilish-ishlari-yakunlandi\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">da\u2019vogar<\/a>.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2017 yili 1 dekabrda qabul qilingan O\u2018zbekiston Prezidentining \u00abNogironligi bo\u2018lgan shaxslarni davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida&raquo;gi&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3436196\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">Farmonida<\/a>&nbsp;oliy ta\u2019lim muassasalariga kirish imtihonida nogironligi bor shaxslar uchun imtiyozlar taqdim etilishi chora-tadbirlari ko\u2018zda tutilgan. Ya\u2019ni davlat hammaga teng sharoitlar yaratilishi qoidasidan chetga chiqib pozitiv diskriminatsiya chorasini qo\u2018llamoqda, ya\u2019ni nogironlik, irq, jins faktorlari bo\u2018yicha kamchilikni tashkil etuvchi qatlamga maxsus imtiyozlar taqdim etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2018\u22122019 o\u2018quv yilidan boshlab I&nbsp;va&nbsp;II guruh nogironligi bor shaxslarga abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining ikki foizli qo\u2018shimcha kvotasi kiritildi. Kirish imtihonlarida nogironligi bor abituriyentlar uchun o\u2018tish ballari 56,7 ballgacha (maksimal ballning 30 foizi&nbsp;\u2014 189 ball) kamaytirildi va&nbsp;tegishli ballni qo\u2018lga kiritganlar davlat grantlari asosida byudjet joylariga o\u2018qishga qabul qilindilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Berilgan imtiyozlarga qaramay, faqatgina 996 nafar nogironligi bor abituriyent qo\u2018shimcha kvotalarga o\u2018tishga muvaffaq bo\u2018lishdi, bu&nbsp;2018 yildagi tasdiqlangan umumiy qabul kvotasining 1,4 foizini tashkil etadi. Kirish imtihonlariga kiritilgan nogironligi bor shaxslarning umumiy soni bo\u2018yicha ma\u2019lumotlar yetishmasligi tufayli kvota bo\u2018yicha ajratilgan joylar nogironligi bor abituriyentlar soni kamligi sababli to\u2018liq to\u2018lmagan deb taxmin qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ehtimol, oliy ta\u2019lim muassasalarida ta\u2019lim olishni istaganlar ko\u2018pchilikni tashkil etadi, ammo ularning hammasi ham kirish imtihonlarida kerakli ballar sonini to\u2018play olmaganlar, bu&nbsp;ularning imtihonlarga tayyorlanish darajalari past ekanligi bilan bog\u2018liq bo\u2018lishi mumkin. Nogironligi bor shaxslarni oliy o\u2018quv yurtlariga qabul qilish tartibiga ko\u2018ra, o\u2018rta ta\u2019lim (11-sinf asosida), akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini bitirganlik haqidagi hujjatga ega bo\u2018lish yetarli. Amalda esa, shahodatnoma yoki diplom mavjudligi har doim ham yuqori darajadagi bilim va o\u2018rta ta\u2019lim sifatini kafolatlamaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hamma uchun teng huquqlar?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shubhasiz, kuchli raqobat sharoitida, nogironligi bor shaxslarga 2% miqdorda kvotalar, oliy ta\u2019lim olish jarayonida tengsizlikni bartaraf etish maqsadida kiritilgan. Biroq, nogironlik oliy ta\u2019limga qabul jarayonida ijobiy diskriminatsiya uchun asos bo\u2018lib xizmat qila oladimi? Nogironligi bo\u2018lgan abituriyentlar uchun o\u2018tish balining sezilarli darajada pasaytirilgani, ularning bevosita tayyorgarligi sust ekanligini anglatadi, bu&nbsp;esa ularning qolgan abituriyentlar bilan teng ravishda raqobatlashishiga to\u2018sqinlik qiladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday imtiyozlar inson tanasining nuqsonlari uning aqliy qobiliyatiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatishiga ishora qiladi. Aslida esa, jismoniy nogironlik, eshitish va ko\u2018rish qobiliyatining cheklanishi yoki aqliy zaiflik, sifatli o\u2018rta ta\u2019lim olish va&nbsp;oliy ta\u2019lim muassasasiga kirish uchun zarur tayyorgarlikni ta\u2019minlash uchun to\u2018siq bo\u2018la olmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Muammo&nbsp;\u2014 nogironligi bor bolalarni rivojlanishning dastlabki bosqichlarida ta\u2019lim olishga teng imkoniyatlar yaratilmaganligida. Ularning aksariyatida nogironlikning yengil shakllari namoyon bo\u2018lsada, ular maxsus ta\u2019lim muassasalari va&nbsp;kollejlarda o\u2018qishga majbur bo\u2018lishmoqda. Maxsus ta\u2019lim muassasalarda esa ta\u2019lim sifati kutilgandek yuqori emas.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jismoniy to\u2018siqlar va o\u2018rta ta\u2019lim maktablarda nogironligi bor bolalar uchun oqilona qulayliklar mavjud bo\u2018lmaganligi tufayli ular odatda uyda ta\u2019lim olishga majbur bo\u2018lishadi, bunday ta\u2019lim esa oliy ta\u2019lim muassasalari umumiy talablariga javob bermaydi. O\u2018zbekistonda nogironligi bor bolalarning umumiy ta\u2019lim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyatlarini ta\u2019minlovchi inklyuziv ta\u2019lim hali rivojlanishning dastlabki bosqichida.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Natijada, inklyuziv o\u2018rta ta\u2019limning yetarlicha rivojlanmaganligi sababli nogironligi bor bo\u2018lgan abituriyentlarning har xil darajadagi boshlang\u2018ich sharoitlari sababi inklyuziv oliy ta\u2019lim haqida bir narsa deyish qiyin. Ta\u2019limning boshlang\u2018ich darajasida inklyuziv yondashuv yo\u2018lga qo\u2018yilmagunicha, past kirish ballari shaklidagi imtiyozlar yuzaki chora bo\u2018lib qolaveradi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kirish imtihonlarida nogironligi bor shaxslar uchun maxsus imtiyozlar joriy etilishi tibbiy mehnat ekspert komissiyalari tomonidan (TMEK) nogironlik holatini tekshirishda yuzaga kelishi mumkin bo\u2018lgan asoratlar shakllanishida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. I&nbsp;yoki&nbsp;II guruh nogironligini olish yanada qiyinlashish ehtimoli bor, chunki endilikda ushbu maqom universitetda byudjet asosida o\u2018qish huquqini beradi. Yana bir savol tug\u2018iladi, nega III guruh nogironligi bor shaxslar oliy ta\u2019lim muassasalariga o\u2018qishga kirishlarida, ularga bu&nbsp;kabi imtiyoz berilmaydi?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Albatta, bu&nbsp;bilan nogironligi bor shaxslar uchun davlat byudjet mablag\u2018lari asosida grant o\u2018rinlar kvotalariga bo\u2018lgan ehtiyojni inkor etib bo\u2018lmaydi. Cheklangan moliyaviy mablag\u2018 tufayli nogironligi bor shaxslar va&nbsp;ularning ota-onalari oliy ta\u2019lim muassasalaridagi shartnoma xarajatlarini to\u2018lashga qodir emaslar. Masalan, tug\u2018ilishdan boshlab nogironlik bo\u2018yicha ijtimoiy nafaqa oyiga 396,5 ming so\u2018m (50$dan kam). Universitetda beriladigan stipendiyani hisobga olsak ham, jami mablag\u2018 faqat yashash uchun yetarli bo\u2018ladi,shartnoma asosida kontrakt to\u2018lovi bu&nbsp;sharoitda juda og\u2018ir yuk bo\u2018lar edi. Bundan tashqari, oliy ta\u2019lim muassasalarida o\u2018qish transport, oziq-ovqat mahsulotlari, o\u2018quv buyumlari uchun chiqimlar va ko\u2018plab boshqa xarajatlar ham mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Universitetda nogironligi bor shaxslar uchun kerakli sharoit mavjud emas<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2018 yil 2 iyunda qabul qilingan nogironligi bor shaxslarni oliy o\u2018quv yurtlariga qabul qilish&nbsp;<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3765162\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">tartibi<\/a>&nbsp;bo\u2018yicha o\u2018z qoshida oliy ta\u2019lim muassasalariga ega bo\u2018lgan vazirliklar va&nbsp;idoralarga, shuningdek, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri oliy ta\u2019lim muassasalariga Sog\u2018liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda \u00abnogironligi bor shaxslar ta\u2019lim oladigan va&nbsp;ular uchun kirish imtihonlari o\u2018tkaziladigan sinflar va&nbsp;binolarda zarur shart-sharoitlar yaratish uchun choralar ko\u2018rish\u00bb zarur edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2011 yilda BMT Taraqqiyot Dasturi O\u2018zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Hozirda&nbsp;\u2014 Bandlik va&nbsp;mehnat munosabatlari vazirligi) bilan birgalikda Toshkent shahridagi bino va&nbsp;inshootlarni nogironligi bor shaxslar uchun qanchalik qulayligi to\u2018g\u2018risida qo\u2018llanma&nbsp;<a href=\"http:\/\/www.uz.undp.org\/content\/uzbekistan\/ru\/home\/library\/democratic_governance\/accessibility-tashkent\/\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">ishlab chiqdi<\/a>. Qo\u2018llanma shahardagi 300dan ortiq bino va&nbsp;inshootlarning, shu&nbsp;jumladan, oliy ta\u2019lim muassasalarning ham qulay sharoit yaratish bo\u2018yicha imkoniyatlarini namoyish etadi. Qo\u2018llanmada ostonasiz kirish, zinapoyalar, panduslar, liftlar, nogironligi bor shaxslar uchun maxsus jamoat xojatxonalari, shuningdek, eshiklar kengligi va&nbsp;boshqa qulayliklar mavjudligi hisobga olingan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qo\u2018llanmada 21 oliy o\u2018quv ta\u2019lim muassasasi o\u2018rganilgan, ulardan uchtasi chet el&nbsp;oliy o\u2018quv yurtlari filiali, ikkita milliy tibbiyot akademiyasi va&nbsp;Toshkent islom universiteti to\u2018liq talabga javob berishi ko\u2018rsatilgan. Paradoks shundan iboratki, chet el&nbsp;oliy o\u2018quv yurtlari filiallari o\u2018zlarining ta\u2019lim binolarida qulay sharoitlar bilan ajralib tursa ham, nogironligi bor shaxslar 2% kvota orqali ushbu muassasalarda tahsil ololmaydilar. O\u2018zbekistondagi chet el&nbsp;oliy o\u2018quv yurtlari filiallari abituriyentlar orasida o\u2018z tanlovlarini o\u2018tkazib kelishadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aytish mumkinki, sakkiz yildan keyin ham oliy o\u2018quv yurtlaridagi nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan qulay sharoitlar sezilarli darajada yaxshi tomonga o\u2018zgargani yo\u2018q. Shu&nbsp;bilan birga, \u00abO\u2018zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to\u2018g\u2018risida&raquo;gi&nbsp;<a href=\"http:\/\/www.lex.uz\/docs\/1372498#1372569\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">qonun<\/a>&nbsp;barcha davlat muassasa va&nbsp;tashkilotlarini nogironligi bor bo\u2018lgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilmaga, transport, aloqa vositalari va&nbsp;axborotdan foydalanishga teng imkoniyatlarni ta\u2019minlashga majbur qiladi. Ushbu talablar bajarilmagan holatlarda, qonunda ma\u2019muriy javobgarlik ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018plab oliy ta\u2019lim muassasalarning bino va&nbsp;inshootlarida nogironligi bor shaxslar uchun zarur bo\u2018lgan qulay sharoitlar yo\u2018qligi tufayli, o\u2018tgan yili qo\u2018shimcha kvota orqali oliy o\u2018quv yurtiga kirgan jismoniy nogironligi bor talabalar ko\u2018plab to\u2018siqlarga duch kelishdi va&nbsp;bu&nbsp;vaziyat, ular boshqa talabalar bilan teng ravishda ta\u2019lim jarayonida qatnashishlariga to\u2018sqinlik qilmoqda. Ko\u2018pgina o\u2018quv binolarida liftlar o\u2018rnatilmagan yoki umuman ishlamaydi, talabalar dars jadvaliga ko\u2018ra ko\u2018pincha har xil qavatlarda darslarda qatnashishadi. Zinalar balandligi, panduslar yo\u2018qligi tufayli nogironlik aravachasidan foydalanuvchi talabalar uchun oliy o\u2018quv muassasasi binolarining asosiy kirishlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuqorida keltirilgan vaziyatdan kelib chiqib oliy o\u2018quv yurtlari rahbariyati nogironligi bor talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etishni taklif qiladi, masalan, yotoqxonalarning birinchi qavatlaridagi xonalarni o\u2018qish uchun moslashtiradi. Natijada, jismoniy nogironligi bor talabalar asosiy o\u2018quv binosida barcha talabalar bilan emas, balki yotoqxonada ham yashashga, ham o\u2018qishga majbur bo\u2018lishmoqda. Bundan tashqari, rahbariyat taklifiga rozi bo\u2018lmagan va hamma bilan birga o\u2018qish huquqini himoya qilgan talabalar ham bor, ularning jismoniy nogironligi biroz yengil shaklda bo\u2018lsada, masalan, qo\u2018ltiqtayoqdan foydalanadigan yoki serebral paralichi bor talabalar. Ammo jismoniy nogironlikning yanada jiddiy shakliga ega bo\u2018lgan talabalar universitet binolari ularning ehtiyojlari uchun yaroqsizligi sababli o\u2018z salomatliklari xavfsizligini hisobga olgan holda rahbariyat taklifiga rozi bo\u2018lmaslikdan boshqa ilojlari yo\u2018q. Shuni ta\u2019kidlash kerakki, ko\u2018pchilik hollarda oliy o\u2018quv yurtlar rahbariyati liftlarni ta\u2019mirlashni, panduslarni o\u2018rnatishni rad etishmoqda yoki ortga surishmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018rinib turibdiki, oliy o\u2018quv yurtlari nogironligi bor talabalarga qo\u2018shimcha kvotalar va&nbsp;imtiyozlar beradi, lekin ular oliy ta\u2019lim muassasasiga o\u2018qishga qabul qilinganlaridan so\u2018ng, nogironlik asosida asosiy akademik binolarga to\u2018siqsiz kirishni ta\u2019minlamasdan alohida ta\u2019lim bermoqdalar. Bu&nbsp;nafaqat inklyuziv ta\u2019lim emas, balki talabalarni nogironlik asosida ajratishga kiradi. Oliy ta\u2019lim muassasalaridagi mavjud to\u2018siqlar turli xil nogironligi bo\u2018lgan talabalarni kamsitilishiga olib keladi. Barcha sa\u2019y-harakatlar, birinchi navbatda, nogironligi bor talabalarning ayrim guruhlari uchun maxsus sharoitlarni yaratishga emas, balki asosiy binolar va&nbsp;inshootlarga to\u2018siqsiz kirishni ta\u2019minlashga qaratilgan bo\u2018lishi zarur.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Oqilona qulayliklar yo\u2018qligi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">BMTning nogironlar huquqlari to\u2018g\u2018risidagi konvensiyasiga muvofiq, nogironligi bor shaxslar uchun oqilona qulayliklarni ta\u2019minlamaslik nogironlik asosida kamsitishning bir shakli hisoblanadi. Oliy ta\u2019lim muassasalarida tahsil olish jarayonida nogironligi bor talabalarni oqilona qulayliklar bilan ta\u2019minlash alohida ahamiyatga ega.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018rish qobiliyati cheklangan talabalar uchun oqilona qulaylik&nbsp;\u2014 ularning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, Brayl shriftida taktil sezish uchun moslashtirilgan darsliklar hisoblanadi. Masalan, ko\u2018rish qobiliyati cheklangan talabalar matematika formulalarini, doskada chizilgan grafiklarni, chizmalarni faqatgina eshitish orqali to\u2018liq qabul qila olmaydilar, bu&nbsp;narsalarni so\u2018zlar orqali tushuntirish qiyin. Buning uchun olti nuqtalik Brayl shriftida nashr etilgan maxsus darsliklar mavjud. Afsuski, bugungi kunda oliy ta\u2019lim muassasalarning kutubxonalarida bunday maxsus qo\u2018llanmalarni topish juda qiyin. Bu holat O\u2018zbekistonda ko\u2018zi ojiz insonlar uchun yagona bosmaxonasini davlat tomonidan yetarli darajada qo\u2018llab-quvvatlanmaganligidan dalolat beradi.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eshitish qobiliyati cheklangan talaba uchun seminarlar va&nbsp;ma\u2019ruzalar vaqtida imo-ishora tilida tarjima bilan ta\u2019minlash ular uchun oqilona qulaylikni yaratadi. Bu&nbsp;yerda muammo shundaki, surdo tarjimasiz, kar va&nbsp;zaif eshituvchi talabalar o\u2018quv materiallarni o\u2018rganishda, shuningdek, talabalar va o\u2018qituvchilar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duch kelishadi.&nbsp;<strong>Shunday qilib, o\u2018quv rejasi murakkablashsa, sensor nuqsonli talabalar boshqa talabalarga nisbatan orqada qoladilar va&nbsp;bu&nbsp;ularning o\u2018zlashtirish va&nbsp;ruhiy salomatligiga salbiy ta\u2019sir qiladi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuni ta\u2019kidlash kerakki, oliy o\u2018quv yurtidagi ta\u2019lim jarayonida ishlatiladigan professional surdo tarjima va&nbsp;kundalik jarayonida ishlatiladigan imo-ishora tili o\u2018rtasida katta farq bor. Masalan, chiziqli algebra bo\u2018yicha ma\u2019ruzani tarjima qilish uchun surdo tarjimon nafaqat tegishli bilimlar bazasiga ega bo\u2018lishi kerak, balki imo-ishora tilida kasbga oid terminlar yoki ta\u2019riflarni qanday yetkazish kerakligini oldindan bilishi lozim. Yana bir muammo&nbsp;\u2014 imo-ishora tilni yaxshi biladigan tarjimonlar va&nbsp;surdopedagoglarni munosib ish haqi bilan ta\u2019minlash. Oliy ta\u2019lim muassasalarida surdo tarjimani tashkil qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni o\u2018z zimmasiga kim olishi kerak&nbsp;\u2014 eshitish qobiliyati cheklangan talabami, oliy ta\u2019lim muassasasimi yoki davlatmi?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, zaif eshituvchi va&nbsp;koxlear implantlardan foydalanadigan talabalar uchun auditoriyalarni induksion ilgak (induction\/hearing loop)&nbsp;\u2014 induksiya katushkasi rejimida ishlaydigan quloq eshitish apparatlariga uzatish antennasi bilan jihozlash zarur. Oddiy so\u2018z bilan aytganda, ushbu qurilma ovozli signallarni elektromagnit signaliga aylantirib quloq eshitish apparatiga shovqinsiz yetkazib beradi agarda eshitish apparatida \u00abtelekatushka\u00bb rejimi yoki \u00abT\u00bb (T&nbsp;setting) yoqilgan bo\u2018lsa. Bunday imkoniyat quloq eshitish apparatlarining deyarli hammasida mavjud. Biroq, ko\u2018p hollarda, hatto eshitish qobiliyati cheklangan kishilar ham, ko\u2018plab davlat muassasalarida induksion ilgak yo\u2018qligi tufayli, eshitish apparatlarining bunday foydali funksiyasi haqida yaxshi bilishmaydi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2019\/02\/vlHwfQ15507159435487_b.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1 rasm. Xona induksion ilgak bilan jihozlanganligini ko\u2018rsatuvchi xalqaro belgi va&nbsp;bu&nbsp;xonada eshitish qurilmasida \u00abT\u00bb rejimidan foydalanish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oliy ta\u2019lim muassasalarining bino va&nbsp;inshootlarida sharoit yo\u2018qligi, shuningdek, oqilona qulayliklarning yetishmasligi nogironligi bor talabalarning o\u2018quv jarayonidagi o\u2018zlashtirishi va&nbsp;ruhiy salomatligiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi. Ixtisoslashtirilgan moslamalar, surdo tarjima va&nbsp;boshqa moslashtirishlar o\u2018quv jarayonida sensor nogironligi bor talabalarni ilm olishlariga ko\u2018maklashish uchun o\u2018ta zarur. Bunday moslamalarsiz, seminarlar va&nbsp;ma\u2019ruzalar o\u2018tkazish talabalarning bilimlarini va ko\u2018nikmalarini yuzakilashtiradi, bu&nbsp;esa ularning keyingi ishga joylashish imkoniyatlariga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Cheklangan moliyaviy yordam<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nogironligi bor talabalar uchun oliy o\u2018quv yurtida o\u2018qish qo\u2018shimcha xarajatlarni talab qiladi. Masalan, jamoat transporti vositalarida sharoit yo\u2018qligi sababli, nogironlar aravachalardan foydalanuvchi shaxslar tez-tez taksiga katta miqdorda mablag\u2018 sarflashlari yoki Toshkentning sharoiti yo\u2018q ko\u2018chalarida hamrohlik qilish uchun shaxsiy yordamchilarni jalb qilishlari kerak. Ko\u2018zi ojiz yoki ko\u2018rish qobiliyati cheklangan talabalar kompyuterdan foydalanish imkonini beruvchi qimmatbaho ixtisoslashtirilgan uskunalar, Brayl displeylari va&nbsp;tegishli dasturiy ta\u2019minot sotib olishlari kerak.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2019\/02\/XzDQMl15507344120902_b.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2 rasm. Brayl displeyi matnli ma\u2019lumotni olti nuqtalik Brayl belgilar shaklida ko\u2018rsatish&nbsp;<a href=\"https:\/\/store.humanware.com\/hus\/brailliant-bi-40-new-generation.html\" rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\">moslamasi<\/a>.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018rish qobiliyati cheklangan talabalar uchun universitetning maydoni va&nbsp;binosi Brayl alifbosida ishlangan ishoralar bilan jihozlangan bo\u2018lmasa, talabalar shaxsiy yordamchi xizmatlariga muhtoj bo\u2018lishadi. Agar universitet yoki davlat tomonidan imo-ishora tili tarjimoni ijtimoiy xizmati ta\u2019minlanmasa eshitish qobiliyati cheklangan talabalar o\u2018zlari maxsus surdo tarjimonlarni ishga olishlari kerak bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Misol uchun, Buyuk Britaniyadagi universitetlarda oliy o\u2018quv yurtida yuzaga kelishi mumkin bo\u2018lgan qo\u2018shimcha xarajatlarni qoplash uchun maxsus nogironlik bo\u2018yicha talabalar uchun nafaqa (DSA&nbsp;\u2014 disability student allowance) beriladi. Nogironligi bor talabalardan tashqari, uzoq muddatli jismoniy va&nbsp;ruhiy muammolari bo\u2018lgan talabalar, masalan, autizm, disleksiya, dispraksiya (harakatlanish cheklovlari), Giperfaollik vaqtida diqqat yetishmasligi sindromi kabi o\u2018qishda qiyinchiliklarga sabab bo\u2018ladigan boshqa holatlardagi talabalar ushbu nafaqani olishlari mumkin. Ushbu nafaqa miqdori oilaning daromadiga emas, balki talabaning shaxsiy ehtiyojlariga bog\u2018liq. Ushbu nafaqani maxsus uskunalar sotib olish, shaxsiy yordamchilarni yollash, transport xarajatlari va&nbsp;boshqa xarajatlarga sarflash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Buyuk Britaniyadagi nogironligi bor talabalar universitetlarni tanlashda birinchi navbatda universitet rasmiy veb-saytlarini o\u2018rganadilar, bu&nbsp;veb-saytlarda universitetning nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan qulayliklari, talablarni shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda kirish imtihonlarini o\u2018tkazish imkoniyati mavjudligi, shuningdek, universitet ichida ijtimoiy yordam olish imkoniyatlari haqida batafsil ma\u2019lumotga ega bo\u2018lishadi (kerakli uskunalar, moliyaviy va&nbsp;psixologik yordam). Toshkentdagi ko\u2018plab universitetlarning veb-saytlari tahlili shuni ko\u2018rsatadiki, oliy ta\u2019lim muassasalarining saytlari ko\u2018rish qobiliyati cheklangan insonlar uchun saytning versiyasi maxsus xususiyatlarga ega bo\u2018lsa ham, nogironligi bor talabalar uchun oliy o\u2018quv yurtidagi yaratilgan sharoitlar mavjudligi to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumot yo\u2018q.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Oliy ta\u2019lim muassasalarini nogironligi bor shaxslarga qanday qilib moslashtirish mumkin?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlat tomonidan nogironligi bor shaxslarga nisbatan ikki foizli kvota joriy etilishi&nbsp;\u2014 ushbu toifadagi odamlar uchun oliy ta\u2019limdan foydalanishni ta\u2019minlashga qaratilgan birinchi qadamdir. Bularning barchasini inobatga olgan holda, shuni aytish mumkinki, kirish imtihonlarida nogironligi bor insonlarga nisbatan qo\u2018llanilayotgan ijobiy diskriminatsiya sifatida bunday \u00abyon&nbsp;bosishlar\u00bb ularning bilimlari darajasi past ekanligi sababli samarasiz yuzaki chora bo\u2018lib qolaveradi. Kvotaga kirish uchun eng past o\u2018tish balini yig\u2018a olgan, cheklangan sondagi nogironligi bor talabalar foydalana olishganidan ham xulosa qilish mumkin. Holatni yaxshilash uchun, albatta, boshlang\u2018ich va o\u2018rta ta\u2019lim darajasida nogironligi bor o\u2018quvchilarning bilim darajasini va&nbsp;tayyorgarligini oshirish, umumta\u2019lim maktablari, kollej va&nbsp;litseylarni inklyuziv ta\u2019limini ta\u2019minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nogironligi bor shaxslar uchun 2% kvota va&nbsp;imtiyozlar oliy ma\u2019lumot olish imkoniyatini ta\u2019minlash uchun yetarli emas. Nogironligi bor talabalarni oliy o\u2018quv yurtidagi ta\u2019lim jarayoniga to\u2018liq jalb qilish uchun yanada ko\u2018proq ishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta\u2019lim yurtida nafaqat bilim olish, balki hayot va&nbsp;jamiyatga qo\u2018shilish ko\u2018nikmalariga ega bo\u2018lish muhim va&nbsp;universitetlar boshqa talabalar bilan birga nogironligi bor talabalarning to\u2018liq va&nbsp;teng ishtirokini ta\u2019minlashi kerak. Bu&nbsp;maqsadda, ular uchun ko\u2018maklashuv xizmatlarini yaratish, universal dizaynni hisobga olgan holda asosiy o\u2018quv binolarini va&nbsp;yotoqxonalarni loyihalashtirish va&nbsp;moslashtirish zarur. Shu&nbsp;bilan birga, bunday sharoitlarni yaratish uchun zarur bo\u2018lgan moliyaviy resurslar oliy o\u2018quv yurti byudjeti uchun juda katta keraksiz xarajat yoki og\u2018ir yuk&nbsp;deb hisoblanishi noto\u2018g\u2018ri.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi o\u2018quv yilidan boshlab, nogironligi bor talabalarning yanada ko\u2018proq soni oliy o\u2018quv yurtlariga qo\u2018shimcha kvotalar orqali o\u2018qishga kiradi. Biroq, oliy o\u2018quv muassasalari hududlari va&nbsp;binolarini nogironligi bor talabalar uchun moslashtirilmaganligini, shuningdek, zarur uskunalarning mavjud emasligini hisobga olsak, ushbu sharoitda, autizm, disleksiya va&nbsp;nogironlikning boshqa shakllari bor bo\u2018lgan talabalar, shu&nbsp;jumladan, jismoniy va&nbsp;sensor nuqsonli talabalar uchun o\u2018quv jarayoni qanday tashkil etilishini tushunish juda qiyin. Agar asosiy o\u2018quv binolaridagi yetishmovchiliklar tufayli nogironligi bor talabalarning alohida guruhlari tashkil qilinsa va&nbsp;ular uchun faqatgina ba\u2019zi binolar moslashtirilsa, bunday oliy ta\u2019limni inklyuziv yondashuvli oliy ta\u2019lim deb bo\u2018lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuni ta\u2019kidlash joizki, \u00abnogironlik\u00bb holatlari faqatgina eshitish qobiliyati cheklangan talabalar seminarlarda hech narsani tushunmay o\u2018tirishga majbur bo\u2018lganida, o\u2018qituvchi va\u00a0uning kursdoshlari nima haqida gaplashayotganini tushunmaganida, nogironlik aravachasidan foydalanuvchi talaba asosiy o\u2018quv binosiga kira olmaganida, ko\u2018rish qobiliyati cheklangan talaba o\u2018qituvchi doskada qanday formulalarni yozayotganini ko\u2018ra olmaganida paydo bo\u2018ladi. Bizning e\u2019tiborimiz ushbu to\u2018siqlarni bartaraf qilishga yo\u2018naltirilishi shart. Bu to\u2018siqlar talabalarning individual xususiyatlari sababli paydo bo\u2018lgan \u00abmuammo\u00bb deb qarash kerak emas. Aynan diskriminatsion munosabat va\u00a0ajratish nogironligi bor talabalar uchun oliy ta\u2019lim olishda asosiy to\u2018siqlardan biri deb hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Maqola Gazeta.uz da 2019-yil 4-mart <a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/oz\/2019\/03\/04\/inklyuziv-talim\/\" data-type=\"link\" data-id=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/oz\/2019\/03\/04\/inklyuziv-talim\/\">chop etilgan<\/a>.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Foto: Illyustratsiya: Eldos Fazilbekov \/ \u00abGazeta.uz\u00bb Qanday qilib O\u2018zbekistonda nogironligi bor insonlar oliy ta\u2019lim olishlari&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":299,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[72,74],"tags":[93],"class_list":["post-303","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-mutaxassis","category-oavda-maqola","tag-inklyuziv-universitetlar"],"acf":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v28.8 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>Inklyuziv oliy ta\u2019lim - Dilmurad Yusupov<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Inklyuziv oliy ta\u2019lim - Dilmurad Yusupov\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Foto: Illyustratsiya: Eldos Fazilbekov \/ \u00abGazeta.uz\u00bb Qanday qilib O\u2018zbekistonda nogironligi bor insonlar oliy ta\u2019lim olishlari...\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Dilmurad Yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:author\" content=\"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2020-03-01T21:37:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-03-07T21:48:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dmathr15507158891386_l.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"900\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"600\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"dilmurad_admin\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@d_yusupov\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@d_yusupov\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"dilmurad_admin\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"15 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\\\/\\\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/\"},\"author\":{\"name\":\"dilmurad_admin\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"headline\":\"Inklyuziv oliy ta\u2019lim\",\"datePublished\":\"2020-03-01T21:37:25+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-07T21:48:28+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/\"},\"wordCount\":3056,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/dmathr15507158891386_l.jpg\",\"keywords\":[\"inklyuziv universitetlar\"],\"articleSection\":[\"Mutaxassis\",\"OAVda maqola\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/\",\"name\":\"Inklyuziv oliy ta\u2019lim - Dilmurad Yusupov\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/dmathr15507158891386_l.jpg\",\"datePublished\":\"2020-03-01T21:37:25+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-07T21:48:28+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/dmathr15507158891386_l.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/03\\\/dmathr15507158891386_l.jpg\",\"width\":900,\"height\":600},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/mutaxassis\\\/inklyuziv-oliy-talim\\\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Inklyuziv oliy ta\u2019lim\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#website\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/\",\"name\":\"Dilmurad Yusupov\",\"description\":\"Activist researcher advocating for disability inclusive development in Uzbekistan.\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":[\"Person\",\"Organization\"],\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16\",\"name\":\"dilmurad_admin\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\",\"width\":512,\"height\":512,\"caption\":\"dilmurad_admin\"},\"logo\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/02\\\/dilmuradme.png\"},\"description\":\"Activist researcher advocating for disability inclusion in Uzbekistan, disability and development consultant\",\"sameAs\":[\"http:\\\/\\\/dilmurad.me\",\"http:\\\/\\\/www.facebook.com\\\/dilmurad.yusupov\",\"https:\\\/\\\/www.instagram.com\\\/dilmurad.me\\\/\",\"http:\\\/\\\/www.linkedin.com\\\/in\\\/dilmuradyusupov\",\"https:\\\/\\\/x.com\\\/d_yusupov\",\"https:\\\/\\\/www.youtube.com\\\/@dilmurad_me\"],\"url\":\"https:\\\/\\\/dilmurad.me\\\/uz\\\/author\\\/dilmurad_admin\\\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Inklyuziv oliy ta\u2019lim - Dilmurad Yusupov","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Inklyuziv oliy ta\u2019lim - Dilmurad Yusupov","og_description":"Foto: Illyustratsiya: Eldos Fazilbekov \/ \u00abGazeta.uz\u00bb Qanday qilib O\u2018zbekistonda nogironligi bor insonlar oliy ta\u2019lim olishlari...","og_url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/","og_site_name":"Dilmurad Yusupov","article_publisher":"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","article_author":"http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","article_published_time":"2020-03-01T21:37:25+00:00","article_modified_time":"2024-03-07T21:48:28+00:00","og_image":[{"width":900,"height":600,"url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dmathr15507158891386_l.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"dilmurad_admin","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@d_yusupov","twitter_site":"@d_yusupov","twitter_misc":{"Written by":"dilmurad_admin","Est. reading time":"15 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/"},"author":{"name":"dilmurad_admin","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"headline":"Inklyuziv oliy ta\u2019lim","datePublished":"2020-03-01T21:37:25+00:00","dateModified":"2024-03-07T21:48:28+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/"},"wordCount":3056,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"image":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dmathr15507158891386_l.jpg","keywords":["inklyuziv universitetlar"],"articleSection":["Mutaxassis","OAVda maqola"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/","url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/","name":"Inklyuziv oliy ta\u2019lim - Dilmurad Yusupov","isPartOf":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dmathr15507158891386_l.jpg","datePublished":"2020-03-01T21:37:25+00:00","dateModified":"2024-03-07T21:48:28+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/#primaryimage","url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dmathr15507158891386_l.jpg","contentUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/dmathr15507158891386_l.jpg","width":900,"height":600},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/mutaxassis\/inklyuziv-oliy-talim\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Inklyuziv oliy ta\u2019lim"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#website","url":"https:\/\/dilmurad.me\/","name":"Dilmurad Yusupov","description":"Activist researcher advocating for disability inclusive development in Uzbekistan.","publisher":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/dilmurad.me\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":["Person","Organization"],"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/#\/schema\/person\/ebb9f9ba86b5b5cbbc6b112fdc125a16","name":"dilmurad_admin","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","url":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","contentUrl":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png","width":512,"height":512,"caption":"dilmurad_admin"},"logo":{"@id":"https:\/\/dilmurad.me\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/dilmuradme.png"},"description":"Activist researcher advocating for disability inclusion in Uzbekistan, disability and development consultant","sameAs":["http:\/\/dilmurad.me","http:\/\/www.facebook.com\/dilmurad.yusupov","https:\/\/www.instagram.com\/dilmurad.me\/","http:\/\/www.linkedin.com\/in\/dilmuradyusupov","https:\/\/x.com\/d_yusupov","https:\/\/www.youtube.com\/@dilmurad_me"],"url":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/author\/dilmurad_admin\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/303","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=303"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/303\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":304,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/303\/revisions\/304"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/299"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=303"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=303"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=303"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}