Muallif - Dilmurod Yusupov
16447
page-template-default,page,page-id-16447,ajax_fade,page_not_loaded,,qode-title-hidden,qode-child-theme-ver-1.0.0,qode-theme-ver-17.2,qode-theme-bridge,qode_header_in_grid,wpb-js-composer js-comp-ver-5.6,vc_responsive

Men Buyuk Britaniyadagi Sasseks Universitetining Taraqqiyot Tadqiqotlari Instituti (IDS) doktorantiman. Hozirda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan insonlarni ijtimoiy chetlashtirish va marginallashtirish masalalarini tahlil qilish uchun etnografik va ularning bevosita ishtirokiga asoslangan tadqiqot usullarini qo‘llayman. Men AQShda joylashgan dunyoda antropologiyani rivojlantirish Venner-Gren Jamg’armasining Wadsworth International Fellow xalqaro stipendiyasi va Ochiq Jamiyat Jamg’armalarining Fuqarolik Jamiyati Olimi stipendiyalariga sazovor bo‘ldim.

 

2017 yil sentyabr oyida IDSda o‘qishni boshlashdan oldin men Yaponiya hukumatining O‘zbekistondagi inson xavfsizligini taminlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg’araz yordam dasturi koordinatori hamda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ning «O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish va reabilitatsiyasini yaxshilash» loyihasi yordamchisi sifatida ishladim.

 

Nogironlik va inklyuziv rivojlanish sohasidagi kasbiy tajribamdan tashqari, men O‘zbekiston nogironlar jamiyati, Toshkent shahrar karlar madaniyat markazi va O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi kabi mahalliy nogironlar jamoat tashkilotlariga ko‘ngilli bo‘lib yordam berib kelmoqdaman. O‘zbekiston tashkilotlari. 2016 yilda men ham bir guruh nogironligi bo‘lgan faollar bilan hamkorlikda Toshkent shahr «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi nodavlat notijorat tashkilotini tashkil qildik. Tashkilotimiz maqsadi O‘zbekistonda barcha uchun to‘siqsiz va inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan.

 

Men Markaziy Osiyo Tahliliy Hisobot Byurosining (CABAR.asia) mutaxassisi hamda Gazeta.uz va UzNews.uz mahalliy Internet-ommaviy axborot nashrlarida o‘z maqolalarimni chop etib turaman.

 

Aloqa uchun elektron pochta manzilim: d.yusupov (kuchukcha) ids (nuqta) ac (nuqta) uk