"Cheklanmaganlar" haqida - Dilmurod Yusupov
16854
post-template-default,single,single-post,postid-16854,single-format-standard,ajax_fade,page_not_loaded,,qode-title-hidden,qode-child-theme-ver-1.0.0,qode-theme-ver-17.2,qode-theme-bridge,qode_header_in_grid,wpb-js-composer js-comp-ver-5.6,vc_responsive

«Cheklanmaganlar» haqida

Surat: YouTube videodan kadr

Bugun Amirxon Umarovning «Ochiqchasiga gaplashamiz» shousida «Cheklanmaganlar» haqidagi ko‘rsatuvni tomosha qildim va afsuslandim. Boshida aytib o‘taman, ko‘rsatuvga taklif etilgan mehmonlarni ko‘pini shaxsan taniyman va hurmat qilaman – ularga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ammo ushbu ko‘rsatuvni tayyorlagan nogironligi bo‘lmagan shaxslar uchun o‘zimni hulosamni bermoqchi edim.

Ko‘rsatuvning maqsadini Amirxon boshida va oxirida o‘zi aytib o‘tdi. Har doimgidek nogironligi bo‘lgan insonlar boshqalarga shukronlik xissini uyg’otish maqsadida vosita sifatida ishlatilgan. Boshqacha qilib aytganda, qattiq tushkunlikka (depressiyaga) tushib qolib o‘zi nima qilishni bilmayotgan inson «Cheklanmaganlarni» ko‘rib, ilhomlanib o‘rnidan turib harakat qilishiga tushib ketishi kerak. Yaniy nogironligi bor insonlar tushkunlikda o‘tirganlar uchun na’muna yoki ibrat qilib ko‘rsatilgan. Amirxon aytganidek: «Boshqalar o‘z hayotini tahlil qilish uchun oyna» yoki «Ko‘pchilikda motivatsiya tuyg’usini uyg’ota oladiganlar».

Bunday holatlarda kopincha «imkoniyati cheklangan bo‘lsada» degan ibora ishlatiladi. Misol: Garchi ularga nisbatan «imkoniyati cheklangan» so‘zi qo’llansada ular «cheksiz imkoniyatlar sohibi» yoki «cheklanmaganlar». Yoki «imkoniyati cheklangan bo‘lsada maqsad va orzulari yo‘lida to‘xtamagan». Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan bunday yondashuv muammo aynan shaxsning o‘zida va faqatgina uning harakatiga bog’liq degan tushunchani targ’ib qiladi. Ilmiy tilda bu nogironlikning individual modeli – ya’niy nogironlik bu shaxsiy tragediya va uni yengib o‘tish faqat insonning o‘z qo‘lidaligi tushuniladi.

Ammo, hattoki Toshkent shahrida binolar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining 85 foizi nogironligi bor fuqarolar foydalanishi uchun moslashtirilmagan, jismoniy nogironligi bo‘lgan bolalar sifatsiz uy ta’limini olishga majbur bo‘lganida, mehnat bozorida nogironlik beligisi bo‘yicha ish beruvchilar ochiqchasiga kamsitayotgan bir paytda «Hammasi o‘z qo‘lingizda!» deb murojaat qilish qanchalik to‘g’ri deb bilasiz? Huddi jamiyatimiz nogironligi bor insonlar uchun turli xil atrof-muhit va munosabatga bog’liq to‘siqlarni qo‘yib, ularni yengib o‘tishlarini tomosha qilib o‘tirganimizdek. Hech narsaga qaramay bu to‘siqlarni yengib o‘tganlarga ofarin, to‘siqlar tagida qolib ketganlar esa avtomatik tarzda «boqimandalarga» aylanadi.

Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi vakili Barno Yo’ldoshbekova amaldorlarimiz takror va takror ta’kidlab kelayotgan «xalqimizdagi avjiga olib borayotgan boqimandalik» haqida gapirdi. Biz qaysi me’zonlarga asoslanib insonlarni «boqimanda»ga chiqaramiz? Misol uchun, nogironlik nafaqasini oluvchisi bu «boqimandami»? Jamiyatimizni o‘zi nogironligi bo‘lgan shaxslarga barcha qatori sifatli ta’lim olishga va munosib mehnnat qilishga imkoniyat yaratmasdan xayriya va turli xil bayramlar qilib ularni «boqimandalikka» chorlagan emasmi? Nega ko‘rsatuvda jamiyatimizdagi muammolar haqida gapirilmadi?

Yana bir muhim jihat ko‘rsatuvda malakali psixoholog ishtirok etmasdan, juda nozik masalalar muhokama qilindi. Nogironlik holatini orttirish tufayli tushkunlik (depressiya) holatiga tushib qolgan insonlarga na’muna sifatida yutuqlarga erishganlarni  ko’rsatish foyda berishini isbotlanganmi? Yoki nogironligi bo‘lmagan tomoshabinlarimiz ko‘rsatuvimiz mehmonlarini ko‘rib huzr baxsh qilishlari kutilganmi. «Qanday batxli inson ekanman, menining qo‘l-oyoqlarim but va ko‘zlarim ko‘radi, shunga shukr qilishim kerak emasmi?» degan shukronalik xissini uyg’otishimiz kerakmi?

Bo‘lmasam bir yaxshi taklifim bor! Alohida bir bog’ tashkil qilaylik va u yerga turli xil nogironligi bo‘lgan va yutuqlarga erishgan shaxslarni qo‘yib joylab, «yetti muchasi sog'» depressiyaga tushganlarni taklif qilib aylantiraylik. O‘zi boshqa insonlarning nogironlik holatini ko‘rib ilhomlanish qanchalik insoniylik fazilatlarizmiga to‘g’ri keladi? Nega aynan nogironlik holatidan kelib chiqib insonlar boshqalarga ilhom bag’shida qilishlari mumkin. Taajubga keltirgan ayan bir narsa, bu Amirxonning ko‘zi ojiz mehmonlarga bergan iltimosi: «Studiyamizni tasvirlab bering!». Nogironligi bo‘lgan shaxslar cheksiz imkoniyat va qobiliyatlarga ega super qahramonlar emas, balki hammaga o‘xshagan oddiy insonlardir.

Oynani «menga u kerak, menga bu kerak, menga uni qilib bering» deydiganlar uchun emas, balki jamiyatimiz va amaldorlarimiz o‘zlariga bir tutib ko‘rishlari kerak. Muammo – noadekvat va haligacha barcha ehtiyojmand aholi qatlamlarini qamrab olmagan ijtimoiy himoya tizimimizda, inkluyziv ta’lim rivojlanmaganligida, ishga qabul qilish jarayonida nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishda va umuman turli xil nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmaganligida!

Tags:
6 Comments
  • Dilshoda Rabbimova
    Posted at 23:42h, 17 Fevral Javob berish

    Blogdagi fikrlar uchun rahmat.

  • Iroda Mamadaliyeva
    Posted at 11:23h, 18 Fevral Javob berish

    Haq gaplarni yozibsiz,chindan ham nogironlarni motivatsion elementdek kòrsatish hatto oliy ta’lim muassasalarida ham guvoh bólingan.

    • Dilmurad Yusupov
      Posted at 23:34h, 19 Fevral Javob berish

      Izohingiz uchun katta rahmat! Nogironligi boʻlgan talabalarni motivatsion vosita sifatida ishlatishlari haqida hali eshitmagan ekanman. Juda qiziq!

  • Mamajonova Ziyoda
    Posted at 09:30h, 20 Fevral Javob berish

    Juda toʻgʻri yozibsiz. Bizning jamiyatimizda boqimandalikka sogʻlomlar tushirishadi. Menda ham bolalikdan nogironlik bor. OTM ni tamomlaganimdan soʻng 3- guruhga tushirishgan. Vaholanki, holatimda umrimning oxirigacha ijobiy oʻzgarish imkoniyati yoʻq! Hozir 42 yoshdaman. Oliy toifali oʻqituvchiman. Bu yil ogʻirroq operatsiya boʻlganim uchun TMEKdan surishtirsam, nogironlik gurihi 2 boʻlsa, ishlashimga ruxsat berilmasligi mumkin emish. Qani bu yerda nogiron insonning yotib yemay, jamiyatga foydasi tegishi uchun mehnat qilishiga imkoniyat?! Aslida, men va men kabilarga boqimanda boʻlmayotganimiz uchun imtiyoz berish kerak, menimcha.

Post A Comment